GM Uzbekistan kompaniyasi öz nomini UZAUTO MOTORS’ga özgartirdi. Bundan Korporativ ma'lumot yagona portalidagi xabar darak beryapti.
Kompaniya kelgusi bir neça oy içida öz nomini özgartirişi haqidagi xabarlar fevral oyida tarqalgandi. Öşanda «Özavtosanoat» «General Motors uluşini sotib olgani tufayli nom özgarayotgani xabar berildi.
Nomni özgartiriş töğrisidagi qaror 26 iyun kuni bir ovozdan qabul qilindi. Ta'sis hujjatlaridagi tegişli özgartirişlar 1 iyulda röyxatga olingan.
Eslatib ötamiz, GM Uzbekistan 2008 yilda taşkil topgan bölib, 10 yildan ziyod vaqt mobaynida «Özavtosanoat» va AQŞning General Motors kompaniyasi qöşma korxonasi sifatida faoliyat olib bordi.
GM Uzbekistan nomi özgaradi
















