Endilikda, yangi modellarni özlaştiriş GM global tarmoği bilan barobar amalga oşiriladi. Xususan, yangi modellarni yiğişni rejalaştirayotgan GM platformasida 5ta model işlab çiqariş mumkin. Bu haqda «Özavtosanoat» AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi. Uning aytişiça, Bu avtomobillar tannarxiga ham ijobiy ta'sir körsatadi. 

«Yangi modellar nima degani? Bu bitta yangi platforma degani. Şu vaqtgaça UzAuto tomonidan işlab çiqilgan modellarning har biri alohida şassida – platformada işlab çiqilgan. Ya'ni bir platformada atigi 20-30 ming avtomobil işlab çiqilgani uning tannarxiga ta'sir körsatgan. Eng yomon tomoni bizda işlab çiqilgan modellar dunyoning boşqa mamlakatida işlab çiqilmagan. 

Bundan taşqari, sir emas, avtomobillar narxini tuşirişga ta'sir qiluvçi omillardan biri bu hajmdir. Bizda işlab çiqariş hajmi katta bölmagan. Şu vaqtgaça, bizda bir modeldan 30 mingtagaça işlab çiqilgan. Bu raqam, hozirda, 50 mingtaga yetkazildi. Bu va boşqa sabablar, masalan, korrupsiya holatlarini yöqotiş borasida amalga oşirilayotgan işlar natijasida avtomobillar narxi bir xil saqlanib turibdi. 

Bundan buyoğiga yangi modellarni özlaştiriş GM global tarmoği bilan barobar amalga oşiriladi. Misol uçun, biz yangi modellarni yiğişni rejalaştirayotgan GM platformasida 5ta model işlab çiqarsa böladi. Biz, hozirça, unda 3ta model işlab çiqaramiz. 5ta modelni 3-5 yildan söng facelifting (taşqi körinişini özgartiriş) orqali yana 5ta modelga yangilaş mumkin. Aytmoqçi bölganim, bir platforma bilan 10 xil körinişdagi avtomobil işlab çiqariş imkoniyati paydo böladi. 

E'tiborli tomoni, bu modellarning 40-50 foiz ehtiyot qismi bir xil degani. Masalan, Özbekistonda 300 ming avtomobil işlab çiqilsa, tasavvur qiling, uning 150-200 mingtasining ehtiyot qismi bir xil. Yana bir yaxşi tomoni, GM uşbu modellardan dunyo böylab 2 mln donadan sotişni rejalaştirmoqda. Bu ham mahalliylaştiriş imkoni bölmagan yoki iqtisodiy jihatdan mahalliylaştiriş özini oqlamaydigan butlovçi qismlar tannarxi ham arzonroq bölişini kafolatlaydi», - dedi «Özavtosanoat» AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov. 

Uning ta'kidlaşiça, uşbu loyiha özbek avtomobilsozligi rivoji va taraqqiyotiga katta hissa qöşadi. Şavkat Umurzoqov, şuningdek, yagona platforma loyihasiga izoh berib ketar ekan, butun dunyodagi yirik avtomobilsozlik kompaniyalar bitta platformada bir neçta model işlab çiqişni yölga qöyayotganini qayd etdi.