«Mamlakatda raqobatni rivojlantiriş böyiça keyingi yillarga möljallangan strategik yönalişlar» mavzusidagi matbuot anjumanida Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi mutasaddilari tomonidan monopoliyaga qarşi kuraşiş, raqobat muhitini yaxşilaş va rivojlantiriş, istiqbolli rejalar işlab çiqiş va sohaga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida OAV vakillari soha vakillariga turli savollar bilan murojaat qilişdi.

2020 yil 1 yanvardan qimmatbaho avtomobillar importiga qöllangan imtiyozli stavka bekor qilinişi «inomarka»lar narxi yanada oşişiga olib kelişi, bunday qaror maşina bozoridagi monopoliya şaroitida qançalik töğri bölişi töğrisidagi savolga Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisining birinçi örinbosari Bobur Karimov javob berdi.

«GM juda katta yutuğimiz ham, muammomiz ham. Markaziy Osiyo, MDH davlatlari örtasida soliştiradigan bölsak, Özbekiston yillar davomida özining işlab çiqarişini yölga qöyiş bilan şuğullangan. Qöşni davlatlar bilan soliştiradigan bölsak, ularda işlab çiqariş unça rivojlanmagan. Şu narsaga urğu berilgan. Buni Yaponiya yoki Janubiy Koreya misollarida olsa böladi, ularda ham proteksionizm, ya’ni özining iqtisodiyotini himoyalaş siyosati olib borilgan. Bu siyosat ularga juda yaxşi natijalarni bergan.

Biz ham avtomobil quriş sohasini yölga qöydik. Juda sifatli maşinalar çiqaryapmiz. Lekin har qanday imtiyozlar muddatli bölişi kerak. Muddatsiz bölişi kerak emas.

GM esa muddatsiz vaqtga imtiyozlar olgan. Bu davlat siyosati. Agar hukumatimiz korxona buyoğiga özi işlab ketişi mumkin, degan xulosaga keladigan bölsa, bojxona stavkalari kamayişi va Özbekistonga boşqa maşinalar ham kirişi mumkin. Ha, bu raqobatni çeklaydi. Biz buni köp joyda aytganmiz. Agar sohada siyosat boşqaça olib borilsa, maşinalar kirib keladigan bölsa, bojxona stavkalari kamaysa, maşina sotadigan korxonalar ham köpayadi va GM bilan bemalol raqobatlaşişadi. Iste’molçilar arzonroq va sifatliroq maşina oliş imkoniyatiga ega bölişadi. Lekin bu qarorni Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi qabul qilmaydi. Biz faqat öz fikrimizni aytişimiz mumkin. Bu davlat siyosati darajadasidagi masala», - deya Karimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.