Tahririyatga kelib tuşgan navbatdagi murojaatda respublikadagi budjet, xususan ta'lim muassasalari xodimlarining iş haqini hisoblaşda foydalaniladigan «UzASBO» elektron dasturidagi kamçiliklar haqida söz yuritiladi. Mazkur murojaatni ayrim tuzatişlar bilan keng jamoatçilik hukmiga havola etişni lozim topdik.

Bir neça yildan buyon öqituvçilar oyligini Moliya vazirligining öta markazlaştirilgan va tizimlaştirilgan dasturi — «UzASBO» hisoblab berib keladi. Bu dastur buxgalterlarning ham işini osonlaştirgan, öqituvçining har bir qilgan işini, iş hajmlarini kiritadi, umumrespublika böyiça bir xil hisoblangan şablon asosida sizga oyligingizni keltirib çiqarib beradi.

«Mening oyligim kam çiqibdi», deb öylasangiz, bunda qaysidir iş kuningiz «qirqilgan» böladi yoki buxgalter adaşib yoxud atay kiritmay qolgan böladi, xolos. Xullas dasturga ortiqça e'tiroz yöq, töğri hisoblaydi, deb öylar edim.

Edim, deyişimning boisi — yaqinda oylik iş haqim haqida ma'lumot oliş vaqtida bir jihat e'tiborimni tortdi. Aytmoqçi bölganimni öqituvçilar osongina tuşunadi, qolganlarga qisqaça tuşuntirib ötib ketaman.

Agarda biror pedagog asosiy işçi emas, örindoşlik asosida dars berib yursa yoki öqituvçi kasal bölib qolibmi yoki biror-bir öqiş bilan darsini ötolmaydigan bölsa, uning darslarini direktor yozma buyruği bilan boşqa bir pedagog qöşimça dars qilib ötib tursa, şu paytgaça bu qöşimça soatlarga faqat öquv tarbiya jarayoniga doir, ya'ni asosiy dars soatining 80 foiz qismi miqdorida oylik tölanar edi. Öquv tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va taşkiliy-pedagogik jarayonlariga, ya'ni iş yuklamasi uçun ajratilgan summa qöşib berilmas edi. Öqituvçi örindoş bölib bir yil dars ötsa, iş haqini hisoblaş bir yil davomida şunday, 80 foizlik tölov asosida ketardi.

Masalan, mening asosiy dars soatim 10 soat bölgan holda, hamkasbim biror sabab bilan bir hafta işga kelmasa uning 12 soat darsini özimning asosiy işimga qöşimça qilib darsini ötadigan bölsam, u holda özimning 10 soatimga har bir soatiga 1 birlik oylik yozilsa, şerigimning 12 soat darsining har bir soatiga 0,8 birlik oylik hisoblab, yozib beriladi. Vaholanki, men öşa darsni ham özimning darsim qatori teng energiya sarflayman, darsdan taşqari qöşimça maşğulotini ham ötaman. Bu hol doim meni ajablantirar edi.

Lekin şu savolga Xalq ta'limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi «Umumiy örta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari böyiça namunaviy yillik iş rejasini şakllantiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqlaş haqida»gi qöşma qarori