Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tezligi 40 km/soatdan oshadigan elektroskuter va elektromototsikllar ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan bo‘ldi
Foto: Getty Images
Hukumat qarori bilan, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan transport vositalari toifalari kengaytirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Endilikda elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar) ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Bungacha DYHXXda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan avtomototransport vositalari toifalari quyidagilar edi:
- dvigateli 50 va undan ortiq kub.sm ish hajmiga ega avtomototransport vositalari;
- soatiga 50 va undan ortiq kilometr yuqori tuzilmali tezlikka ega avtomototransport vositalari;
- tirkamalar, yarim tirkamalar.
Mavzuga oid
20:58 / 24.11.2025
Chorbog‘ yo‘lida mototsikl haydovchisi YTHga uchrab, vafot etdi
11:09 / 03.11.2025
Skuter va mototsikllarga “prava”ni qanday olish mumkin va bu qanchaga tushadi?
12:49 / 27.10.2025
Moped va skuter haydash uchun guvohnoma olish osonlashadi
09:09 / 14.10.2025