Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Siyosatshunos: AQSh Markaziy Osiyoni yo‘qotishdan qo‘rqadi
Kecha AQSh Davlat departamenti tarqatgan axborotga ko‘ra, 29 oktabr kuni davlat kotibi Jon Kerri rejadan tashqari Markaziy Osiyo turnesini o‘tkazib, mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan S5+1 formatida uchrashuvlar o‘tkazadi.
MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Jarixin bunday kutilmagan qaror AQSh rahbariyatining Markaziy Osiyoga bo‘lgan ta'sirini saqlab qolishga jiddiy qarayotganligini ko‘rsatishini ta'kidladi.
“Mintaqada AQShning pozitsiyalari kuchsizlanayotganidan dalolat beruvchi ma'lum jarayonlar bormoqda, - deb hisoblaydi ekspert. – Ular mintaqadagi ta'sirini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqadi. Masalan, Qirg‘iziston baribir AQShning Manasdagi bazasini yo‘q qilishga erishdi”. Manasdagi AQSh aviabazasi mamlakatdan 2014 yili chiqarib yuborilgan edi.
Amerikaliklar uchun bu baza logistik ahamiyat kasb etardi. Bundan tashqari, mintaqada bo‘lishning o‘ziyoq AQShning uzoq istiqbolli rejalari tarkibiga kiradi.
Bundan tashqari, Kerrining kutilmagan tashrifiga asosiy sabablardan biri AQSh Afg‘onistondagi kuchlarini saqlab qolishga intilayotganligidir, deb hisoblaydi rossiyalik ekspert.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 15:24
-
Tramp yana YeI tovarlariga bojlarni oshirishni kechiktirdi
Jahon | 15:21
-
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 15:15
-
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 15:14