6 iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida BRIKSning 17-yuqori darajadagi sammiti bölib ötdi. Unda BRIKS davlatlari rahbarlari Indoneziyani guruhning yangi a’zosi sifatida qabul qildi. Şuningdek, yana 10 ta davlat taşkilotning hamkor davlatlari sifatida tan olindi.

«Indoneziya Respublikasini BRIKS a’zosi sifatida, şuningdek, Belarus Respublikasi, Köp millatli Boliviya davlati, Qozoğiston Respublikasi, Kuba Respublikasi, Nigeriya Federal Respublikasi, Malayziya, Tailand qirolligi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi, Uganda Respublikasi va Özbekiston Respublikasini BRIKSning hamkor davlatlari sifatida qabul qilamiz», - deyiladi 17-BRIKS sammitining qöşma bayonotida.

Yakşanba kuni bölib ötgan «Tinçlik va xavfsizlik hamda global boşqaruv islohoti» mavzusidagi BRIKS sessiyasida Hindiston boş vaziri Narendra Modi boşqa taşkilotlarni ham isloh qilişga çaqirdi:

«BRIKS kengayişi va yangi hamkorlarning qöşilişi uşbu tuzilmaning zamonga moslaşiş salohiyatini körsatadi. Endi esa Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşi, Jahon Savdo Taşkiloti (WTO) va Köp tomonlama taraqqiyot banklari kabi institutlarni ham isloh qilişga ayni şu qat’iyat bilan yondaşmoğimiz zarur.

Foto: Hindiston boş vaziri matbuot xizmati

Sun’iy intellekt asrida, texnologiyalar har hafta yangilanayotgan bir paytda global institutlar 80 yil davomida özgarmagan bölişi mutlaqo qabul qilinmaydi. XXI asr dasturini XX asr yozuv maşinkasida işlatib bölmaydi», dedi Hindiston boş vaziri.

Şuningdek, BRIKS yetakçilari Iqlim moliyalaştiriş böyiça deklaratsiya, «Sun’iy intellekt global boşqaruvi» töğrisidagi bayonot hamda «Ijtimoiy sabablarga köra yuzaga keladigan kasalliklarni yöq qiliş böyiça şeriklik taşabbusi»ni ma’qulladi. «Uşbu taşabbuslar BRIKS davlatlarining global muammolarga inklyuziv va barqaror yeçimlar yaratişga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarini namoyon etadi», deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uçun, BRIKS dastlab 2009 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy yetakçilarining ilk sammitida şakllangan edi. Keyinçalik Janubiy Afrika a’zo böldi. Şu kunga qadar Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Indoneziya töliq a’zolikka qabul qilindi. Bu yilgi sammitda Indoneziya ilk bor a’zo davlat sifatida qatnaşmoqda. Taşkilot ayni vaqtga kelib dunyo aholisining yarmidan köproğini rasman birlaştiradi.