Yevropaning eng yirik porti Rotterdam (Niderlandiya) Rossiya bilan ehtimoliy uruşga tayyorgarlik körmoqda, harbiy yuk taşuvçi kemalar uçun joy ajratmoqda va mojaro kelib çiqsa, yuklarni qayerga yönaltirişni rejalaştirmoqda.

Rotterdam porti ma’muriyati ijroçi direktori Budeveyn Simmons Financial Times naşriga ma’lum qilişiça, port Britaniya, Amerika va Kanada transport vositalari va yuklari kelgan taqdirda qöşni Antverpen bilan harakatlarni muvofiqlaştiradi.

May oyi boşida Niderlandiya Mudofaa vazirligi Rotterdam portidan NATO talabiga binoan harbiy yuklarni olib ketayotgan kemalar uçun joy ajratilişini e’lon qilgan edi. Simmonsning sözlariga köra, bir yoki bir neçta kema portda bir neça haftaga, yiliga tört yoki beş marta töxtaydi. Bundan taşqari, harbiy maşğulotlar yiliga bir neça marta ötkaziladi.

Rotterdam portining uzunligi 42 km. U yiliga taxminan 436 million tonna yukni qabul qiladi yoki jönatadi. Germaniya va Yevropaning içki qismidan dengiz orqali 28 mingta kema va daryo orqali 91 mingta kemani qabul qiladi. Port, xususan, 2003 yildagi Fors körfazi uruşi davrida qurol-yaroğ bilan işlaş tajribasiga ega, ammo hatto Sovuq uruş davrida ham ular uçun maxsus joy yöq edi.

Qöşni Antverpen esa Yevropada joylaşgan AQŞ qöşinlari uçun muntazam ravişda ta’minot olib turadi. U yiliga 240 million tonna yukni qabul qiladi/jönatadi. Bu uni Yevropa Ittifoqidagi ikkinçi yirik portga aylantirgan.

Simmons, şuningdek, Yevropa davlatlarini neft kabi muhim xomaşyolarni zaxiralaşga çaqirdi.

«Biz mis, litiy, grafit va boşqa bir qator muhim xomaşyolar bilan ham şunday qilişimiz kerak», dedi u va yaxşi tarmoqlariga ega portlar atrofidagi joylar bunday zaxiralar uçun mos ekanini qöşimça qildi.

Avvalroq, NATO boş kotibi Mark Ryutte Rossiya 5-7 yil içida Estoniyaga hujum qilişi mumkinligidan ogohlantirdi. Şu bilan birga, u alyansda «bunga qarşi barça rejalar borligini» ta’kidladi.

Şuningdek, Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto Rossiya beş yil içida NATO uçun bevosita tahdidga aylanişi mumkinligini aytdi.

Şuningdek, Politico naşri Rossiya bilan çegaradoş Yevropa davlatlari öz şifoxonalarini uruşga tayyorlayotgani haqida yozdi.