Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Tergov departamentida fuqarolar huquqlari va erkinliklariga rioya qilinadi
Foto: Tergov departamenti
26-27 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tashabbusi bilan respublikaning barcha hududlarida ichki ishlar organlari tizimida surishtiruvchi hamda tergovchi sifatida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Ularga surishtiruvchi va tergovchilarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari taklif etildi.
Uchrashuvlarda surishtiruvchi hamda tergovchilarning ota-onalari, yaqin qarindoshlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 15 sentabrdagi 727-sonli “Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish hamda fosh etish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qarori talablari, surishtiruvchi hamda tergovchilarga maxsus malaka darajalarini berilishi, ularning ish faoliyatini baholash mezoni sifatida sohaga reyting tizimi joriy etilganligi, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik
hamda tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibi, sohadagi boshqa tub o‘zgarishlar yetkazildi.
Shu bilan birga, surishtiruvchi hamda tergovchilarning jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga, ularning sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga so‘zsiz rioya etish, ayniqsa ular bilan xushmuomalada bo‘lishga doir aniq talablar quyildi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026