O‘zbekiston | 14:17 / 25.05.2024
7507
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik kadrlar tayyorlashda yangi tizim joriy etiladi

Yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi.

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etish;
  • Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish.

Quyidagi institutlar tashkil etiladi:

  • Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
  • Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti.

Mavzuga oid