«2026-2027 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça çora-tadbirlar dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2026-2027 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi (Dastur) tasdiqlandi.

Dastur doirasida «Onlayn-mahalla» platformasi va «mahalla yettiligi» kömagida aholi muammolarini tahlil qilib, dolzarb masalalarga qonuniy yeçimlar beruvçi sodda media materiallar (annotatsiya, video, infografika, bukletlar) işlab çiqiladi.

Yil yakunida aholining murojaatlari asosida «Top-100 huquqiy tavsiya» töplami şakllantirilib, video, infografika va podkastlar tayyorlanadi. Yangi qonunçilik hujjatlarini mutaxassislar iştirokida intervyu, podkast va videolar orqali sodda tuşuntiruvçi materiallar «Adliya TV»da joylaştiriladi.

Quriliş qonunçiligini interaktiv (öyinlar, testlar, videolar) tuşuntiruvçi, noqonuniy qurilişlar haqida xabar beriş imkoniyatiga ega AI–çatbotli «Qurilişda qonuniylik» mobil ilovasi yaratiladi.

«Advice.uz» va «Gender-madad» platformalari takomillaştirilib, ijtimoiy tarmoqlarda sovrinli viktorina ötkaziladi.

Şuningdek, Dasturda quyidagilar nazarda tutildi:

- bolalar örtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş maqsadida huquqiy videoroliklar işlab çiqiş hamda keng tarğib qiliş;

- «Oilani asrang – zöravonlikni töxtating!» şiori ostida ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy çellenjlar hamda ijtimoiy roliklar tanlovini taşkil etiş;

- ta’lim muassasalarida «Huquqiy bilimlar oyligi»ni ötkaziş.

Dasturda belgilangan çora-tadbirlar öz vaqtida, töliq va sifatli amalga oşirilişi hamda natijasi böyiça ma’lumotlar har çorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilişi uçun tegişli davlat organlari va taşkilotlari rahbarlari şaxsan javobgar hisoblanadi.