Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinçi yalpi majlisida “2022 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi Qonun senatorlar tomonidan körib çiqildi.
Qonun bilan 2022 yil uçun asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar va konsolidatsiyalaşgan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari prognozlari hamda 2023 – 2024 yillar uçun budjet möljallari belgilanmoqda.
Qonunda 2022 yilda mamlakat yalpi içki mahsulotining ösiş sur’atlari 6 foizni, şu jumladan, sanoatda 7 foizni, quriliş sohasida 8,1 foizni, qişloq xöjaligi sohasida 3,3 foizni taşkil etişi rejalaştirilmoqda.
Özbekiston Respublikasining konsolidatsiyalaşgan budjeti taqçilligining çeklangan miqdori 2022 yil uçun yalpi içki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilanmoqda. Bunda budjet taqçilligining çeklangan miqdoridan oşişiga olib kelişi mumkin bölgan qöşimça xarajatlar faqatgina qöşimça daromad manbayi mavjud bölganda yoki boşqa xarajatlarni qisqartiriş hisobiga amalga oşirilişi nazarda tutilgan.
Qonunda inflatsiya darajasi pasayişi tendensiyasi davom etişi va kelgusi yilda 9 foiz atrofida bölişi prognoz qilinmoqda.
Qonun bilan birinçi darajali budjet mablağlari taqsimlovçilar Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlaridan mablağ oluvçi quyi taşkilotlarga özlariga ajratilgan budjet mablağlarining çeklangan miqdorlarining 10 foizgaça qismini Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yönaltirişga haqli ekani belgilanmoqda.
2022 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 254,6 trln söm yoki YaIMning 30,3 foizi darajasida prognoz qilinmoqda. Davlat budjeti daromadlari 199,5 trln söm, xarajatlari esa 215 trillion söm miqdorida bölişi belgilanmoqda.
Davlat maqsadli jamğarmalari daromadlari 31,9 trln söm, xarajatlari esa 58,7 trln söm miqdorida rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga, xususan, ta’lim sohasi xarajatlariga 46,9 trln söm, soğliqni saqlaş sohasi xarajatlariga 22,8 trln söm, madaniyat va sport sohasi xarajatlariga 3,4 trln söm va fanni yanada rivojlantiriş tadbirlari uçun 1,5 trln söm yönaltiriş nazarda tutilmoqda.
Qonun bilan köp kvartirali uy-joy fondiga tutaş hududlarni ta’mirlaş xarajatlari va Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tizimiga kiruvçi issiqlik ta’minoti taşkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta’mirlaş xarajatlarini Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toşkent şahrining şahar budjetidan moliyalaştiriş tartibi joriy qilinmoqda.

















