2022 yil uçun Davlat budjeti daromadlari 200 trln söm yoki yalpi içki mahsulotning 23,8 foizi miqdorida bölişi prognoz qilinmoqda. Bu körsatkiç 2021 yilda 170,9 trln söm yoki YaIMning 23,6 foizi miqdorida bölişi belgilangandi. Kelayotgan yilda Davlat budjeti xarajatlari 214,8 trln sömni yoki YaIMga nisbatan 25,6 foizni (2021 yilda 190,8 trln söm yoki YaIMga nisbatan 26,4 foiz hisobida bölişi kutilmoqda) taşkil etişi rejalaştirilgan.
Budjet daromadlari köp jihatdan yirik soliq tölovçi korxonalar iqtisodiy holatiga boğliq böladi va 2022 yilda ularning eng yiriklarining davlat budjeti tuşumlaridagi uluşi quyidagiça:
- «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK – 17,82 foiz;
- «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ – 9,4 foiz;
- «Öztransgaz» AJ – 1,89 foiz;
- «Özbekneftgaz» AJ – 1,7 foiz;
- «Uzbat» AJ – 1,5 foiz;
- «Hududgazta'minot» AJ – 1,26 foiz;
- «Uz-KorGasChemicalQK» MÇJ – 0,78 foiz;
- «Özbekiston metallurgiya kombinati» AJ – 0,76 foiz;
- «Uzauto Motors» AJ – 0,73 foiz;
- «Buxoro neftni qayta işlaş zavodi» MÇJ – 0,6 foiz.
Malumot uçun, 2021 yilning birinçi yarmida yirik soliq tölovçilar tomonidan tölangan soliqlar jami soliq tuşumlarining 66,2 foizini taşkil etgan. Ularning soni esa 1124 taga yetgan.













