Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilda yo‘lovchilarni tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi ma'muriy reglament tasdiqlanadi
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi ma'muriy reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma'muriy reglamenti;
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat boji miqdorlari tasdiqlanishi mumkin.
Belgilanishicha, qaror bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YaIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etadi.
Belgilab qo‘yilishicha, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini litseziyalash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda litsenziya va litsenziya varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish sxemasiga ko‘ra, 1-bosqichda ariza beruvchi Lisenziya va litsenziya kartochkalari olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi, davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘laydi.
2-bosqichda Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali so‘rovnomani litsenziyalovchi organ(“O‘zavtotrans” agentligi)ga yuboradi (mos ravishda 1 soat mobaynida va avtomatik tarzda).
3-bosqichda litsenziyalovchi organ (“O‘zavtotrans” agentligi) ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga mosligini o‘rganadi. Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beruvchiga avtomobil transportida yuklarni hamda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qabul qilgan qarori yuzasidan xabar yuboradi. Lisenziya berishga qaror qilingan taqdirda, xabarnomada litsenziya va litsenziya varaqalari berish uchun davlat boji miqdorlarini ko‘rsatgan holda yuboradi. Bajarish muddatlari - 5 ish kuni va 1 ish kuni.
4-bosqichda Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchini (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) qabul qilingan qaror haqida hamda litsenziya/litsenziya kartochkalari berish uchun davlat boji miqdorlarini qayd etgan holda xabardor qiladi (1 soat mobaynida).
5-bosqichda ariza beruvchi litsenziya/litsenziya kartochkalari berish haqida qaror kelib tushgandan so‘ng, litsenziya berish uchun davlat bojini qarorda ko‘rsatilgan miqdorda amalga oshiradi (3 oy mobaynida).
6-bosqichda litsenziyalovchi organ (“O‘zavtotrans” agentligi): ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya/litsenziya kartochkalari berish uchun to‘lovlar to‘langanidan so‘ng litsenziya/litsenziya kartochkalarini o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi; litsenziya/litsenziya kartochkalarini (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi (1 ish kunida).
7-bosqichda Davlat xizmatlari markazi litsenziya/litsenziya varaqasini talabgorga o‘zi shaxsan kelganda unda o‘z muhrini qo‘yish yo‘li bilan beradi - 1 soat mobaynida.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma'muriy reglamentiga ko‘ra, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanadi. Tijorat asosida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Lisenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar litsenziyalovchi organlar tomonidan:
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish bo‘yicha;
Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan — yo‘lovchi va yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo‘nalishlarda tashish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Ariza beruvchining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
a) yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;
b) yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;
v) yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish;
g) yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;
d) yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
ye) yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish;
j) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish;
z) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish;
i) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish;
y) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish;
k) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish;
l) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish;
m) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish;
n) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish;
o) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
Lisenziat litsenziyalovchi organga murojaat qilganda bir ariza bo‘yicha ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega.
Xalqaro yo‘nalishlarda yuklarni tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqasiga ega bo‘lgan milliy yuk tashuvchilar avtomobillar unga muvofiq shaharlararo yo‘nalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqiga ham egadirlar.
Lisenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
Lisenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya varaqasi beriladi. Lisenziya varaqasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy tarzda rioya qilingan holda yo‘lovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma (litsenziya). Lisenziya varaqasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Lisenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Tijorat tashuvlarida litsenziya varaqalari bilan ta'minlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalanish noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy ta'sir choralarini qo‘llashga olib keladi.
Quyidagilar avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) lisenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;
b) shtatda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash uchun mas'ul bo‘lgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tgan mansabdor shaxslarning mavjud bo‘lishi;
v) lisenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud bo‘lishi;
g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
d) avtomobil transportida yuk tashuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning va yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishda qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi;
ye) qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;
j) tenderlar natijalari bo‘yicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida yo‘lovchilarni yo‘lovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yo‘lovchilarning belgilangan toifalarini tekin va imtiyozli tarzda tashishni ta'minlagan, qoida buzish, antisanitariya hollariga xizmat ko‘rsatishning sifatining past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan holda avtomobilda muntazam tashish (yo‘nalishli taksilardan tashqari);
z) tashish va yong‘in xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnika xavfsizligini ta'minlash, avtotransport vositalarini yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
i) yangidan olinayotgan va to‘ldirilayotgan avtotransport vositalariga lisenziatlar tomonidan qo‘shimcha litsenziya varaqalarining o‘z vaqtida olinishi;
k) shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamg‘asi qo‘yilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud bo‘lishi.
l) yo‘nalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi ko‘rinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025
Qurilish qoidalarini buzgani uchun «Dream House Design» MChJning litsenziyasi bekor qilindi
09:03 / 16.10.2025
Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi
20:55 / 29.08.2025