Unga köra, xususiy tibbiyot taşkilotlarida iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qonunçiligiga rioya etilişi yuzasidan tegişli örganişlar (xususiy tibbiyot taşkilotlarining 85 foizi (7 284 tasi) qamrab olingan) ötkazildi.
Xususiy tibbiyot taşkilotlari soni 2024 yil 1 yanvar holatiga 8 343 tani taşkil etgan bölsa, 2025 yil 1 yanvarda 8 486 tani taşkil etgan.
Jumladan, 27,4 foizi (2000 tasi) amalda körsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotgani, 3 foizida (235 tasi) peşlavhalari mavjud emasligi, 47 foizida (3 428 tasi) taşqi reklama obektlari joylaştirilgani, 20 foizida (1 460 tasi) axborotlar davlat tilida berilmagani, 61,5 foizida (4 483 tasi) xizmatlarning narxnomalari körsatilmagani aniqlandi.
Bundan taşqari, nodavlat notijorat taşkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda, ayrim tibbiyot taşkilotlarining litsenziyasida mavjud bölmagan faoliyat bilan ham şuğullanayotganlik holati aniqlangan.
Ular Samarqand viloyatida, Surxondaryo viloyatida, Toşkent viloyatida va Farğona viloyatida aniqlandi.
Yuqorida aniqlangan holatlar yuzasidan, töplangan ma’lumotlar belgilangan tartibda çoralar köriş uçun mutasaddi taşkilotlariga taqdim etildi.












