O‘zbekiston | 16:01 / 23.04.2021
5205
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Qashqadaryoda

Kun.uz muxbiri IIB Shahrisabz shahar bo‘limiga vazir Po‘lat Bobojonovning kelishini bilib, vaziyat bo‘yicha ma'lumot olish uchun borganida kiritilmadi.

IIV axborot xizmatidan Sodiq Hakimovning Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga qaraganda, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryoga Prezidentning joriy yil 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Hay'atining kengaytirilgan majlisida bergan topshiriqlari, 2021 yil 26 martdagi PF-6196-sonli farmoni hamda 2 apreldagi PQ-5050-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashni «mahallabay» tizimiga asosan tashkil etilgan ishlarni o‘rganish maqsadida kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid