O‘zbekiston | 14:34 / 22.06.2019
40326
3 daqiqa o‘qiladi

Respublikada qancha o‘quvchi maktabni oltin medal bilan bitirdi?

Foto: KUN.UZ

Shu yilning 22 fevralida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi umumiy o‘rta ta'lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlagan edi.

Nizom umumiy o‘rta ta'lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab-internatlar, sport yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibini belgilab bergan edi.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta'lim va akademik litseylarda necha nafar bitiruvchi oltin va kumush medal bilan taqdirlandi? Kun.uz muxbiri Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmatiga ayni savol bilan murojaat qildi. 

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda umumiy maktablar soni: 9691tani tashkil etib, shundan: boshlang‘ich maktab - 16ta; o‘n bir yillik maktab 9584tani tashkil etadi.  

2018/2019 o‘quv yili 11-sinfini bitiruvchilar soni 279788 o‘quvchidir. 

Respublika bo‘yicha oltin medal bilan bitirgan o‘quvchilar soni 2555 bitiruvchini tashkil etsa, kumush medal olganlar 2502 o‘quvchidir. Jami medallar soni 5057tadan iborat. Bu raqam hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

Eslatib o‘tamiz, oltin medal umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a'lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, chorak va yillik baholari a'lo bo‘lgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari a'lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a'lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a'lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Shu bilan birga, alohida qayd etish lozim, oltin va kumush medal sohiblari oliy ta'lim muassasalarida tahsilni davom ettirish uchun hujjat topshirsa, ularga kirish imtihonlarda hech qanday imtiyoz berilmaydi. 

Mavzuga oid