Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi
Narx bir yilda 15 foizga, oxirgi ikki yilda esa 1,5 barobarga ko‘tarildi.
Ochiq manbalardan olingan surat
14 iyul, dushanba kuni Tovar-xomashyo birjasidagi savdolarda Ai-80 markali benzin narxi tonnasiga o‘rtacha 10 mln 274 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu – rekord ko‘rsatkich sanaladi.
O‘rtacha narx avvalgi savdo kuniga qaraganda 282 ming so‘mga qimmat bo‘ldi. Sotilgan hajm 1650 tonnani tashkil etdi.
Bundan avvalgi rekord 10 iyul kungi savdolarda o‘rnatilgan: o‘shanda ham 1650 tonna Ai-80 benzini sotilib, o‘rtacha narx 10 mln 195 ming so‘mga teng bo‘lgandi.
11 iyulda esa birjada noodatiy ravishda ko‘p: 11 730 tonna Ai-80 benzini sotildi va o‘rtacha narx 203 ming so‘mga arzonlashib, 9 mln 992 ming so‘mgacha tushgandi.
14 iyul kungi o‘rtacha narx (10 mln 274 ming so‘m) – bir yil oldingidan 15 foizga, ikki yil oldingidan 47 foizga yuqori.
Bu raqamlar Ai-80 benzini narxi O‘zbekistondagi rasmiy inflatsiyadan bir necha barobar yuqori o‘sayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
12:24 / 10.01.2026
O‘zbekistonliklar 2025 yilda inflatsiya 12 foiz bo‘ldi deb hisoblamoqda – MB
14:04 / 06.01.2026
Buxoroda AI-95 deb sotilgan benzin avtomobilni buzib qo‘ydi
10:32 / 03.01.2026
2025 yilda palov indeksi qanday o‘zgardi?
14:25 / 01.01.2026