Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda palov indeksi qanday o‘zgardi?
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslangan Kun.uz hisob-kitoblariga ko‘ra, osh pishirish uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar qiymati o‘tgan yilning fevral-dekabr oylarida hududlarga qarab 9 foizdan 11 foizgacha ko‘tarilgan. Masalan, yil boshida Qashqadaryoda 1 kilo osh damlash uchun 100 ming so‘mlik bozorlik qilish kerak edi, dekabrda esa bu xarajat 111 ming so‘mga yetgan.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil dekabr oyida 1 kg palov tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar qiymati haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida 1 kg palov tayyorlash uchun 115 491 so‘mlik bozorlik qilish kerak. Farg‘onada ham masalliqlar qiymati deyarli shuncha: 114 890 so‘m.
Qoraqalpog‘istonda esa 1 kilo osh damlash eng arzon – 97 727 so‘mga tushadi.
Bu narxlar 8 ta mahsulotni o‘z ichiga oladi: 0,7 kg mol go‘shti, 1 kg lazer guruch, 0,3 l kungaboqar yog‘i, 1 kg sabzi, 300 g piyoz, 100 g no‘xat, 10 g zira va 20 g osh tuzi.
Statistika qo‘mitasi bir necha yil davomida osh markazlaridagi 1 kg tayyor palov narxini e’lon qilib borayotgan edi. 2025 yil fevraldan boshlab, “palov indeksi” o‘zgardi va 1 kg osh pishirish uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar narxini hisoblashga o‘tildi.
Shundan kelib chiqib, Kun.uz so‘nggi 11 oy davomida palov indeksi qanday o‘zgarganiga e’tibor qaratdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil fevral–dekabr oylarida osh uchun masalliqlar narxi Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida 11 foizga ko‘tarilgan.
Andijon, Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “palov inflatsiyasi” 9 foizni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, Statqo‘mning inflatsiya hisobotida keltirilishicha, 2025 yilda suyaksiz mol go‘shti 25 foizga, suyakli mol go‘shti 24 foizga qimmatlashgan.
Mavzuga oid
14:25 / 01.01.2026
2025 yilgi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
17:43 / 31.12.2025
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati uzaytirildi
20:14 / 25.12.2025
Dekabr oyi boshidan beri propan 10 foizga qimmatlashdi
09:40 / 24.12.2025