2025 yil dekabr oyida Özbekiston aholisi sezgan yillik inflatsiya darajasi noyabr oyiga nisbatan 0,2 foiz bandga oşib, 12,0 foizni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Sörovnomada 3800 dan ortiq respondent iştirok etgan. Ular bergan javoblarga qaraganda, sezilgan inflatsiya Toşkent şahrida eng yuqori – 14,3 foizni, Qaşqadaryo viloyatida 14,1 foizni, Toşkent viloyatida 13,8 foizni taşkil etgan.

Xorazmliklar esa narx-navo oşişini hammadan ham kamroq sezişgan – 10,4 foiz. Samarqand viloyatida yaşovçilar 10,6 foiz, Jizzax viloyati aholisi 10,9 foizlik inflatsiyani his etişgan.

Dekabr oyida aholi tomonidan narxlarida yuqori ösiş kuzatilgan asosiy tovar va xizmatlar quyidagilar: göşt va sut, benzin va yoqilği, meva va sabzavotlar, elektr va tabiiy gaz, dorilar, şuningdek, yölkira va taşiş xizmatlari.

Daromadlari 2 mln sömgaça bölgan aholi qatlami eng kam – 10,5 foizlik inflatsiyani sezgan bölsa, 20 mln sömdan köproq daromad topuvçilar oxirgi 12 oyda narx-navo 17 foizdan köproqqa oşdi deb hisoblamoqda.

Aholining 2026 yil uçun inflyatsion kutilmalari 11,5 foizni taşkil etyapti. Biznes vakillari esa joriy yilda 11,1 foizlik inflatsiyani taxmin qilmoqda.

Avvalroq Statistika qömitasi 2025 yilda inflatsiya 7,3 foizga tuşganini qayd etib, qaysi mahsulot qançaga arzonlaşgani yoki qimmatlaşganini ma’lum qilgandi.