O‘zbekiston | 17:04 / 20.06.2018
9365
4 daqiqa o‘qiladi

OTM rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy etilishi mumkin

Foto: devedu.uz

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning:

• oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish;
• oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari tuzilmasiga xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassis lavozimini kiritish;
• oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlarida professor-o‘qituvchilarning belgilangan sonidan kelib chiqib, kamida 3 shtat birligidan iborat “Ta'lim texnologiyalari” kafedrasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar:

• Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom;
• Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarining namunaviy tuzilmalari tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va tasarrufida oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar:

• 2019 yil 1 yanvardan boshlab pedagog kadrlarning o‘quv-metodik va ilmiy-pedagogik faoliyati natijalarini inobatga oladigan, ularga muntazam ravishda kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga kiritish;
• o‘quv rejalari va dasturlari mazmunini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlar malakasini oshirishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish;
• mintaqaviy va tarmoq markazlari tinglovchilarining respublika oliy ta'lim muassasalari va xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazasidan keng foydalanishlari uchun zaruriy sharoitlarni yaratish;
• mintaqaviy va tarmoq markazlarini xorijiy nashrlar, zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan muntazam ta'minlab borish, shuningdek kurslarning o‘quv-uslubiy ta'minotini doimiy yangilab borish tadbirlarini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Oliy ta'lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi hamda mintaqaviy va tarmoq markazlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdori va shartlarini qayta ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining mintaqaviy va tarmoq markazlari malakali pedagog kadrlarining faoliyati tahlilidan kelib chiqib, ularni bazaviy lavozim maoshining 30 foizigacha oylik ustamalar belgilash asosida hamda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan malakali pedagog kadrlarga soatbay haq to‘lash miqdorining 20 foizigacha ko‘paytirilgan holda moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid