O‘zbekiston | 17:47 / 17.03.2017
20276
3 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari ish boshladi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2017 yil O‘zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindi. Barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida 2016 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida, Qorakalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etildi.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyatida va viloyatning barcha tuman hamda shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari ochildi hamda o‘z faoliyatini boshladi.

Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasining manzili: Guliston shahri, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi – 31, telefon 240 10 01, elektron pochta: [email protected]

Guliston shahri Xalq qabulxonasining manzili: Guliston shahri, Mustaqillik ko‘chasi – 41a, telefon 240 10 00, elektron pochta: [email protected]

Yangiyer shahri Xalq qabulxonasining manzili: Yangiyer shahar, Farhod – 7a, telefon 350 10 00, elektron pochta: [email protected]

Shirin shahri Xalq qabulxonasining manzili: Shirin shahri, ibn-Sino ko‘chasi, telefon 764 10 00, elektron pochta: [email protected]

Boyovut tumani Xalq qabulxonasining manzili: Boyovut tumani, Boyovut shaharchasi, Tinchlik ko‘chasi – 3, telefon 390 10 00, elektron pochta: [email protected]

Guliston tumani Xalq qabulxonasining manzili: Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasi, Turkiston ko‘chasi – 1, telefon 796 10 00, elektron pochta: [email protected]

Mirzaobod tumani Xalq qabulxonasining manzili: Mirzaobod tumani, Navro‘z shaharchasi, Mustaqillik – 1, telefon 310 10 00, elektron pochta: [email protected]

Oqoltin tumani Xalq qabulxonasining manzili: Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, Guliston – 1, telefon 243 10 00, elektron pochta: [email protected]

Sayxunobod tumani Xalq qabulxonasining manzili: Sayxunobod tumani, Navoiy ko‘chasi – 1, telefon 333 10 00, elektron pochta: [email protected]

Sardoba tumani Xalq qabulxonasining manzili: Sardoba tumani, Paxtaobod shaharchasi, Do‘stlik ko‘chasi – 19, telefon 344 10 00, elektron pochta: [email protected]

Sirdaryo tumani Xalq qabulxonasining manzili: Sirdaryo tumani, Sirdaryo shahar, O‘zbekiston ko‘chasi – 103, telefon 377 10 00, elektron pochta: [email protected]

Xovos tumani Xalq qabulxonasining manzili: Xovos tumani, Samarqand– 2, telefon 364 10 00, elektron pochta: [email protected]

Mavzuga oid