Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika: O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining 73 foizi qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida bo‘lgan
Foto: KUN.UZ
Xorij davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan fuqarolar soni oxirgi ikki yilda 2,3 martaga ortgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Xususan, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 2,8 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda esa 6,4 million kishini tashkil etgan.
2018 yilda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining 53,1% (3,4 mln kishi) erkaklar, 46,9% (3 mln kishi) ayollarni tashkil etadi.
MDH davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 6 mln kishini tashkil etgan bo‘lib, bu jami tashrif buyurganlarning 93,5%ni tashkil etadi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 417,1 ming kishi (yoki 6,5%) tashrif buyurgan.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasidan 2,4 mln kishi (38,2%), Tojikistondan 1,7 mln kishi (26,4%), Qirg‘izistondan 1,1 mln kishi (17,1%), Rossiyadan 460,2 ming kishi (7,2%). Uzoq xorijiy davlatlardan esa Turkiyadan 74,8 ming kishi (1,2%), Xitoydan 37,1 ming kishi (0,6%), Janubiy Koreyadan 32,7 ming kishi (0,5%), Hindistondan 22,2 ming kishi (0,3%), Germaniyadan 19,1 ming kishi (0,3%), Yaponiyadan17,2 ming kishi (0,3%) tashrif buyurgan.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadi qarindoshlarni yo‘qlash (73,2%)ni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda sayyohlik maqsadida - 7,1%, xizmat yuzasidan - 0,9%, davolanish maqsadida 0,8% va o‘qish maqsadida 0,2%.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2018 yilda chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni keskin oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:51
Xorijlik tadbirkorlar asosan Toshkent shahri va viloyatini tanlamoqda
19:08 / 19.12.2025
Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik mahkum terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblandi
15:29 / 18.12.2025
Nikohlar statistikasi: sentabrda eng ko‘p nikoh qayd etildi
12:24 / 17.12.2025