2018 yilda mamlakatdan çiqqan Özbekiston fuqarolarining soni keskin oşdi. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak beryapti.
Ötgan yili mamlakatdan 13,8 million fuqaro çiqdi. Taqqoslaş uçun 2017 yilda 6,8 mln, 2016 yilda 5,3 mln, 2014 yilda esa 4,8 mln kişi edi.
Şu bilan birga, ketgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining 57,8% (8 mln kişi) erkaklar, 42,2% (5,8 mln kişi) ayollarni taşkil etadi.
MDH davlatlariga ketgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari 13,3 mln kişini taşkil etgan bölib, bu jami taşrif buyurganlarning 96,2%ni taşkil etadi, uzoq xorijiy davlatlarga esa 530,6 ming kişi (yoki 3,8%) taşrif buyurgan.
Çet elga ketgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi MDH davlatlaridan Qozoğiston Respublikasiga 51,6% (7,1 mln kişi), Qirğiziston Respublikasiga 23,1% (3,1 mln kişi) va Rossiyaga 8,5% (1,1 mln kişi) taşrif buyurgan. Uzoq xorijiy davlatlardan esa Janubiy Koreyaga (79,7 ming kişi), Xitoy, AQŞ, Germaniyaga taşrif buyurgan.
Çet elga ketgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy safar maqsadi qarindoşlarni borib köriş - 57,6%. Keyingi örinda esa sayyohlik maqsadida - 2,9%, öqiş maqsadida – 0,8%, davolaniş, xizmat yuzasidan - 0,4%ni taşkil etadi.
Özbekistonliklarning qançasi işlaş maqsadida ketgani körsatilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq özbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga köçib ketayotgani ma'lum bölgandi.

















