O‘zbekiston | 14:42 / 18.10.2018
10855
2 daqiqa o‘qiladi

Bir haftada 2,3 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi 

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 8 oktabrdan 12 oktabrgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJda 638,6 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu esa o‘tgan haftadagi natijadan 27,5%ga ortiq ekanligini ko‘rsatdi.

O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 708ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,3 milliard so‘mdan oshdi.

Cavdolar natijasida bitimlarning qariyb 19% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50% ikkinchi va 31% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 20%ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avtohavaskorlari 13% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Andijon va Namangan viloyatlarining avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 9%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 49%ga teng.

Eslatib o‘tamiz, 24 sentabrdan 28 sentabrgacha bo‘lgan davr mobaynida2,7 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid