Joriy yilning 24 sentabrdan 28 sentabrgaça bölgan davr mobaynida “ÖzRTXB” AJ da 729,6 mlrd sömlik bitimlar tuzildi, deb xabar qilmoqda "ÖzRTXB" AJ matbuot xizmati.

Ötgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 826ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,7 milliard sömdan oşdi.

Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 22% birinçi toifadagi avtoraqamlarga, 52% ikkinçi va 26% uçinçi toifa avtoraqamlarga tegişli.

Xaridorlar tarkibida yetakçilikni Toşkent va Toşkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi uluşi 21%ga teng. Keyingi örinda Qaşqadaryo viloyatining avtohavaskorlari 12% uluş bilan joylaşdi. Uçinçi örin Farğona va Buxoro viloyatlarining avtohavaskorlariga tegişli bölib, har birining uluşi 11%ni taşkil qiladi. Boşqa hududlarning uluşi 45%ga teng.