Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, har yili dunyoda 1,35 million kişi yöl transport hodisasi oqibatida halok böladi.
E'tiborli jihati, YTHlarning aksar qismi örta va kam daromadli davlatlar hissasiga töğri keladi.
Heç kim baxsiz hodisalarga yöliqmaslikdan kafolatlanmagan
Rivojlangan davlatlardan biri – AQŞ misolida faktlarni tahlil qiladigan bölsak, bu yerda ham ahvol havas qilarli darajada emasligini köriş mumkin:
- Har yili AQŞda 40 mingta yöl transport hodisasi sodir böladi;
- Har kuni örtaça 90 nafar amerikalik YTH oqibatida vafot etadi;
- YTH tufayli yiliga örtaça 2 million haydovçi jarohat oladi (taxminan 220 million nafardan köproq odamda haydovçilik guvohnomasi mavjud);
- 16-20 yoşli haydovçilar soni bilan qöşib hisoblaganda yiliga qariyb 8 ming odam YTH qurboni böladi;
- Bir yillik transport bilan boğliq baxsiz hodisalar AQŞga örtaça 871 milliard dollarga tuşadi.
Noörin uyquning tovoni qimmat böladi
Transport bilan boğliq baxsiz hodisalarning sabablari turliça. Ba'zan haydovçi tezlikni oşirgani yoki telefondan foydalangani tufayli, ba'zan turli taşqi ta'sirlar tufayli. Bu «ba'zanlar»ni köp davom ettiriş mumkin. Lekin yana bitta sababni esdan çiqarmaslik zarur: haydovçining rulda uxlab qolişi yoki uyqusiraşi, horğinligi.
AQŞda ötkazilgan sörovnomada iştirok etgan haydovçilarning taxminan yarmi rulda ötirganda esnaş odati borligini tan olgan. 20 foizi ötgan yili transportni boşqarayotib bir marta bölsa-da, uyqusiraganini, 40 foiz haydovçi esa bu holat öz faoliyati davomida heç bölmasa 1 marta sodir bölganini tan olgan.
Rulda uyqusiraş xavfli spirtli içimlik iste'mol qilib maşina boşqariş bilan teng böladi. Masalan, 20 soat uyqusiz avtomobil haydayotgan odam qonida 0,8 foiz alkogol mavjud bölişi darajasida diqqatni yöqotadi. Yoki kuçli çarçoq içidagi inson baxsiz hodisaga uçraş ehtimoli 3 baravar köp böladi, deb yozadi NSC naşri.
Şuningdek, har yili 100 ming YTH uyqusiraş tufayli sodir böladi. Oqibatda, 71 ming odam jarohatlanişi, 1 ming 550 kişi ölimi qayd etiladi. Garçi, bu barça haydovçilarning muammosi bölsa-da, uyqusiraş bilan boğliq holatlar, asosan, 25 yoşdan katta haydovçilar bilan sodir böladi.
7 soatdan kam uxlaş, uyqu paytida doimiy yölda böliş, murakkab jadval asosida harakatlaniş, turli uyqusizlik kasalliklariga çaliniş, tungi payt işlaş natijasida:
- Doimiy esnaş;
- Oxirgi bosib ötilgan masofani eslay olmaslik;
- Yöl belgilarini ötkazib yuboriş;
- Tezlikni me'yorda saqlay olmaslik kabi holatlar köpçilikning YTHdan aziyat çekişiga sabab bölmoqda.
Özbekistonda sodir bölgan YTHlar raqamlarda
Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi ma'lumotiga köra, Özbekistonda 2018 yil birinçi yarim yilligida 3181ta YTH sodir etilgan bölib, oqibatda 871 kişi hayotdan köz yumgan, 2 368 kişi jarohatlangan.
Joriy yilning ötgan 6 oyi davomida esa 2406ta YTH sodir bölgan, uşbu hodisalarda 777 kişi vafot etgan, 1 787 nafar kişi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
777 nafar inson ölimiga sabab bölgan YTHlarning asosiy sababçisi sifatida esa haydovçilarning özi (87 foiz holatda ular tomonidan yöl harakati qoidalari buzilişi tufayli) qayd etilgan.
Çarçoq va betob holda maşina boşqariş taqiqlanadi
YTHlar sodir bölişi omillariga çarçoq va horğinlik tufayli haydovçining yöl harakati qoidalarini buzişi ham sabab bölmoqda.
Masalan, şu kunlarda Toşkent viloyatida haydovçi uxlab qolgani tufayli sodir bölgan YTH oqibatida haydovçi va yölovçilar voqea joyida vafot etdi.
Aslida, 2015 yil 24 dekabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Yöl harakati qoidalari»ning 12-bandiga köra, haydovçilar yöl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajada çarçoqlik va betoblik holatida transport vositasini boşqarişi taqiqlanadi.
Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi ma'lumotiga köra, yöl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajada çarçoqlik va betoblik holatida transport vositasi boşqarilişi «Yöl harakati qoidalari»ni buziş hisoblanadi va buning oqibatida YTH sodir bölganda tegişli tartibda suriştiruv va tergov harakatlari olib borilib, natijalari böyiça haydovçi ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin.
1 sentyabrdan – 12 soatlik majburiy dam oliş vaqti belgilangan
Garçi javobgarlik belgilangan bölsa-da, köproq pul topiş uçun dam olmasdan uzoq masofaga uzluksiz qatnovçi haydovçilarni köpçilik kuzatgan bölsa kerak. Bu kabi muammolarning bosqiçma-bosqiç oldini oliş maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 22 mayda «Yölovçilarni avtobusda taşiş xavfsizligini ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida ayrim muhim narsalarni belgilab berdi.
Unga köra, 2019 yil 1 sentyabrdan viloyatlararo, şaharlararo, xalqaro va turistik yönalişlar böyiça avtobuslarda yölovçilarni taşişga litsenziya bitimlarida lisenziatning avtobuslarni haydovçining toliqqanligini nazorat qiliş qurilmalari bilan ta'minlaş majburiyatini nazarda tutiş, şuningdek, smenalar örtasidagi dam oliş 12 soatdan kamni taşkil etgan avtobuslar haydovçilarining safarga çiqişiga yöl qöyilmasligi böyiça vazifa yuklatilgan.
Yöl varaqasini olmasdan yölga çiqiş qat'iyan taqiqlanadi
Bundan taşqari, Transport vazirligi matbuot xizmatining ma'lumot berişiça, iş tartibi böyiça yölovçi taşiş uçun möljallangan yönalişsiz taksilarning haydovçilari yönalişda işlayotganda tegişli litsenziya kartoçkasiga hamda yölga çiqişdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik körikdan va haydovçilarning tibbiy körikdan ötkazilgani töğrisida belgilar qöyilgan yöl varaqasiga ega bölişi kerak.
Yuqoridagi yöl varaqasining nazorati Transport vazirligi hududiy boşqarmalarining Avtomobilda taşuvlar xavfsizligi yuzasidan nazorat qiliş bölimlari inspektorlari tomonidan tekşiriladi. Şuningdek, yölovçilarning ham maşina holatining yaxşiligini körsatuvçi texnik, haydovçi ahvolini tasdiqlovçi tibbiy ma'lumotnoma – yöl varaqasini talab qilişga haqqi bor. Bu hujjat töliq xavfsizlik garovi bölmasa-da, köngil xotirjam yölga çiqiş imkonini beradi.
«Har kuni tibbiy körikdan ötamiz»
Uşbu mavzu yuzasidan bevosita haydovçilarning özi bilan muloqot qiliş maqsadida Toşkent avtovokzali yonidagi transport turargohida bir guruh haydovçilarning fikrlari örganildi. Ularga «Sizningça, aynan qaysi holat haydovçini rulda uyqusiraşga majbur qiladi?», «Aslida, normal holatda odam neça soat avtomobilda yöl bosa oladi?» kabi savollar bilan murojaat qilindi.
«Bir martada çarçamasdan uzoği bilan 5 soat yoki undan sal köproq vaqt transportni boşqariş mumkin. Lisenziyali taksi bölganimiz uçun bu kabi muammolar bizda yöq. Çunki har kuni ertalab taşkilotimizda yölga çiqişdan oldin maşinani texnik körikdan, haydovçilarni esa tibbiy körikdan ötkazişadi. Buning uçun alohida tibbiy punkt faoliyat yuritadi. Döstlik tumanidan Toşkent şahriga yöllanmani olib, kuniga faqat 1 reys taksi qilaman. Postlarda, albatta, yöllanmani söraşadi», deydi «Jahongir-Kamol transavto» qöşma korxonasi haydovçisi Berdimurod Eşmurodov.
Uning aytişiça, yölovçilarning ogohligini ham yetarli darajada deb bölmaydi. Masalan, tibbiy va texnik körik yöllanmasini söraş mumkinligi haqida köpçilik odamning xabari yöq.
Ayrim haydovçilar örtaça 8 soat çarçamasdan maşina haydaş mumkin degan javobni berdi. Lekin ular özlari tan olişiça, agar yölovçi topilib qoladigan bölsa, yana 5-6 soatlik masofaga dam olmasdan yölga çiqişlari mumkin. Faqat oraliq muddat – transport töxtaş joyidagi 2 yoki undan köproq soatli navbat kutiş jarayonida mizğib oliş imkoni mavjud.
«6 soatgaça uyqusiramasdan yöl bosiş mumkin. Undan uyoğiga har qanaqa tetik odam ham transportni boşqarişga qiynaladi. Şuning uçun ham YTHlar sodir bölişi köpaymoqda», deydi Moskva-Peterburg-Toşkent yönalişi haydovçisi Siroj Omonov.
Bundan taşqari, ayrim haydovçilarning fikriça, odam qança yoş bölsa, şunça tetik haydaşi imkoni bor. Masalan, soğlom va baquvvat organizm 10 soat, hatto undan ham köproq vaqt rulni boşqarişi mumkin.
Qayd etiş joizki, doimiy tibbiy körikdan ötib, yöllanma bilan rulga ötiradigan haydovçilar qatorida litsenziyasizlari ham uçraydi. Ularning tibbiy holatiga e'tibor beriş va hatto yöllanmani söraş ham yölovçining öziga ham boğliq bölib qoladi. Çunki ogohlik bilan uyqu ğaflatida sodir bölişi mumkin bölgan YTHlardan qançasining oldini olişi mumkin.
Demak, yölovçilar, haydovçilarning tibbiy holatiga qarab, xizmatidan foydalanişdan tortinmang. E'tiborliligingiz sizni 777talik röyxatga kirişdan asraydi.
Zilola Ğaybullayeva











