Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Barhayot Baxtiyorjonovich Meliyev hisoblanadi.

Shuningdek, ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, «OSIYO OQSHOMI» MChJning 50 foiz ulushiga Barhayot Baxtiyorjonovich Meliyev egalik qiladi.

Toshkent viloyati hokimligining ishlar boshqarmasi rahbari sifatida Abroljon G‘ofurovich Sulaymanov faoliyat yuritadi.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “EVOLUTION AGRONOMY” MChJ rahbari va 50 foizlik ulushi egasi ham aynan Abroljon G‘ofurovich Sulaymanov qilib ko‘rsatilgan.

Viloyat hokimligi saytida hokimlikning Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha guruhi rahbari sifatida Raxmatjon Maxamatovich Kuralov ko‘rsatilgan.

Shuningdek, avtomobillarga texnik va ta'mirlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi “BIZNES START DONIYOR” MChJ rahbari va 100 foizlik ulush egasi ham Raxmatjon Maxamatovich Kuralov hisoblanadi.

Toshkent viloyati hokimligining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri Farrux Anvarovich Raxmatullayev hisoblanadi.

Toshkent viloyatining markazi — Nurafshon shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “RELAX TOUR” MChJning 100 foiz ulushiga ham Farrux Anvarovich Raxmatullayev