11:10 / 16.01.2023
17591

Qarzdorlik uchun xonadonlar elektr va gazdan uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Prezident vaziyatni o‘nglash bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bosh vazir Abdulla Aripov va energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatadigan tizim yaratish topshirildi.

Kelgusida bunday vaziyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, ya’ni qayerda gaz bo‘lmasa, suyultirilgan gaz yoki ko‘mir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qo‘yildi.

Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qo‘yildi.

Energiya ta’minotida qayerda uzilish bo‘lgan bo‘lsa, uning sabablarini ko‘rsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.

Bugungi sovuq kunlarda qazdorlik deb, xonadonlar elektr va gazdan uzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.

Top