O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi
Joriy yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston 42 mln dollarlik gaz eksport qilib, 35,8 mln dollarlik gaz import qildi. Mamlakatda gaz qazib olish yildan yilga kamayib, taqchillik oshib borayotgan bir vaqtda, eksportning ko‘payishi savolli masala bo‘lib qolyapti.

Foto: AP
2025 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 42 mln dollarlik gaz eksport qildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga (26,7 mln dollar) nisbatan 57,3 foizga ko‘p. Bu haqda Statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.
Birgina fevral oyida 20,2 mln dollarlik gaz sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning fevraliga nisbatan 14,5 mln dollarga yoki 3,54 barobarga ko‘p.
O‘z navbatida, mazkur davrda gaz importi 35,8 mln dollarni tashkil etgan. Xususan, fevral oyida gaz sotib olish 8 mln dollargacha (16,4 barobar) qisqargan. Yil boshidan beri gaz importi 6 barobarga (166,7 mln dollardan 35,8 mln dollarga) kamaygan.
Ma’lumot uchun, fevral oyida O‘zbekistonda gaz qazib olish 208,8 mln kub metrga kamayib, 3 mlrd 501,5 mln kub metrgacha qisqargan. Yil boshidan beri umumqisqarish 4,2 foiz bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2024 yil davomida Rossiya va Turkmanistondan 1,7 mlrd dollarlik gaz sotib oldi. Bu – 2023 yilga nisbatan 2,4 barobarga, 2022 yilga nisbatan 6 barobarga ko‘p. O‘z navbatida, gaz eksporti qiymat jihatdan 18 foizga oshib, 628 mln dollarga yetdi. Tabiiy gaz qancha narxda import va eksport qilinayotgani “tijoriy sir” sifatida ochiqlanmay keladi.
Bundan besh yil oldin, rasmiylar 2025 yil 1 yanvardan O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishi mumkinligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

11:55 / 28.04.2025