09:03 / 04.05.2018
23176

IShID va «Al-Qoida» daromadlari taqqoslandi

Foto: Reuters/KHALIL ASHAWI

«Al-Qoida» terrorchilik guruhi jangarilarining daromadi IShID ekstremistlari daromadidan o‘n barobarga yuqori. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yangi chaqiriqlar va tahdidlar masalasi bo‘yicha departamenti rahbari o‘rinbosari Dmitriy Feoktistov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Hozirda moliyalashtirish kanallari yopib qo‘yilgan. IShIDdagilar asosan vodorodlar bilan savdo qilmoqda hamda oyiga qariyb uch million dollar topishmoqda. «Al-Qoida» esa butun dunyo bo‘ylab yacheykalarga ega bo‘lib, daromadi oyiga 20-40 million dollarni tashkil etadi», - deya ma'lum qildi Feoktistov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon suriyalik muxolifatchilar IShIDning qancha jangarisini asirda ushlab turganini ma'lum qilgandi.

Top