O‘zbekiston | 11:14 / 30.10.2023
53906
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat pasayib boradi

O‘zbekiston bo‘yicha 30 oktyabr-3 noyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida oktyabr oyi uchun quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kun o‘rtasiga borib havo harorati +27...+30 darajagacha, janubda +32 darajagacha ko‘tariladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati +17...+22 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +17...+22 darajagacha pasayadi.

1 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi va quruq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. 1-2 noyabr kunlari kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechalari +3...+8 darajagacha pasayadi, kunduzi 1-2 noyabrda +17...+22 daraja bo‘ladi, 3 noyabrda harorat biroz ko‘tariladi va +19...+24 darajani tashkil etadi.

Poytaxtda bugun, 30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +27...+29 daraja bo‘ladi.

31 oktyabrda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +17...+19 darajagacha pasayadi.

1-2 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari +5...+8 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari +17...+20 daraja atrofida bo‘ladi.

Mavzuga oid