Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamhosil yerlar 0,1 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan hajmlarda ijaraga beriladi
Kamhosil, fermer va klasterlar foydalanayotgan 200 ming gektar yer maydoni bosqichma-bosqich zaxiraga qaytariladi va 0,1 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan hajmlarda 10 yillik muddatga ijaraga beriladi.
Foto: Kun.uz
Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqildi.
Nizomga ko‘ra, quyidagi tadbirlar belgilanmoqda:
- past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan, fermer va klasterlar foydalanayotgan 200 ming gektar yerni bosqichma-bosqich (2022–2025 yillarda, shundan 2022 yilda – 80 ming gektar) zaxiraga qaytarish;
- zaxiraga olingan yer maydonlari 0,1 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan hajmlarda ijaraga beriladi, ijara muddati – 10 yil;
- yer uchastkalarini ijaraga berishni tashkillashtirish «E-ijara» axborot tizimi va «E-AUKSION» savdo maydonchasi tizimlarida ochiq elektron tanlovlar orqali tashkil etiladi;
- qishloq xo‘jaligi yerlari ekin ekish uchun 1 yilgacha ikkilamchi ijaraga beriladi, shartnoma ixtiyoriy tuziladi va bu shartnoma fermerni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi;
- talabgor ochiq elektron tanlovda ishtirok etishi uchun oldindan to‘laydigan zakalat puli miqdori va taqsimlash tartibi quyidagicha: dehqon xo‘jaligi uchun – 270 ming so‘m («O‘zdaverloyiha», «E-IJARA», «E-AUKSION» «daftar»larga kiritilganlarga – bepul), fermer xo‘jaligi va boshqa yuridik shaxslar uchun yer uchastkalari tanlovida: 30 gektargacha yerda – 1,35 mln so‘m, 30-100 gektargacha yerda – 2,7 mln so‘m, 100 gektar yerdan ortiq yerda – 5,4 mln so‘m.
Loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:
1) 200 ming gektar yer maydonini qayta taqsimlash orqali kamida 525 mingta ishsiz aholi bandligini ta'minlash;
2) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklari ulushini oshirish;
3) yer ajratishdagi korrupsiya va mansab vakolatini suiiste'mol qilish holatlarini keskin kamaytirish;
4) yer ajratishdagi xarajatlarni norasmiy to‘lovlar orqali qoplash amaliyotiga chek qo‘yish.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.
Mavzuga oid
09:35 / 06.01.2026
Ijara xizmatlarining yarmiga yaqini avtomobil ijarasi hissasiga to‘g‘ri keldi
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
09:38 / 24.12.2025