Vazirlar Mahkamasining “Qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ijaraga beriş tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: dehqon xöjaligini yuritiş uçun yer uçastkalarini ijaraga berişning ma'muriy reglamenti; yuridik şaxslarga qişloq xöjaligi maqsadlari uçun yer uçastkalarini ijaraga berişning ma'muriy reglamenti; qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ikkilamçi ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizom.
Şunday tartib örnatildiki, unga muvofiq tuman (şahar) hokimliklari manfaatdor davlat taşkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr oyiga qadar yer uçastkalarini taqdim etiş böyiça takliflar tayyorlaydi. Takliflar tasdiqlaş uçun xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasiga kiritiladi, şundan söng oçiq elektron tanlovga qöyiladi.
Qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ikkilamçi ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi: şartnoma tuziş va uni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi; investitsiya şartnomasi yoki DXŞ asosida foydalanişga kiritilgan yer uçastkalarini ikkilamçi ijaraga berişning alohida xususiyatlari; qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ikkilamçi ijaraga berganlik uçun tölovlar.
Nizom qoidalari: yuridik va jismoniy şaxslar, şu jumladan agrosanoat klasterlari, çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalar, çet el jismoniy va yuridik şaxslariga ijaraga berilgan yer uçastkalariga; davlat organlari va taşkilotlariga berilgan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalariga (örmon fondi yerlari bundan mustasno); davlat organlari va taşkilotlari tomonidan yuridik va jismoniy şaxslarga investitsiya şartnomasi yoki DXŞ asosida ijaraga berilgan va ular tomonidan foydalanişga kiritilgan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalariga tatbiq etiladi.
Quyidagi yer uçastkalari ikkilamçi ijaraga berilmaydi: dehqon va tomorqa xöjaliklariga berilgan yer uçastkalari (Yer kodeksning 243-moddasiga muvofiq vaqtinça foydalanişga berilişi mumkin); jamoa boğdorçiligi, polizçiligi va uzumçiligi uçun berilgan yer uçastkalari; investitsiya şartnomasi yoki DXŞ şartlari asosida ijaraga berilib, foydalanişga kiritilmagan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari.













