Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda Bosh prokuraturadagi Murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markaziga yuz mingdan ziyod murojaat kelib tushdi
Foto: kun.uz
2016 yilda Bosh prokuraturada tashkil qilingan Murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazining “ishonch telefoni”ga fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan yuz mingdan ziyod murojaat kelib tushgan, deb xabar bermoqda O‘zA.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 9 milliard so‘m ish haqi, pensiya to‘lovlari, aliment va boshqa qarzdorliklarning undirilishi ta'minlangan. Qonunga zid bo‘lgan hujjatlarga 400 ga yaqin protest keltirilgan. Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 24 taqdimnoma kiritilib, jiddiy qonunbuzilish holatlari yuzasidan 465 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2017 yilning birinchi choragida murojaatlar egalariga 890 million so‘mdan ziyod ish haqi, pensiya to‘lovlari, aliment va boshqa qarzdorlik summasi undirilishi ta'minlangan. Qonunga zid 72 hujjatga protest keltirilgan. Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 10 taqdimnoma kiritilib, 79 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni talablaridan kelib chiqib, prokuratura organlarida murojaatlar bilan ishlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu jarayonda «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyil ustuvorlik kasb etmoqda.
Mavzuga oid
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025