Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 13 mart kuni aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini yangi darajaga kötariş va jamoatçilik fikrini çuqur tahlil qiliş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazildi.

Unda ta’kidlanişiça, murojaatlar bilan işlaşda «mahalla yettiligi» mas’uliyati oşiriladi. Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uçun alohida kabinet oçiladi. Uni yuritişga yoşlar yetakçisi bilan mahalla raisi mas’ul böladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini örganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.

Mutasaddilarga «Raqamli mahalla» tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga töliq integratsiya qiliş topşirildi.

Bundan buyon murojaatlarni quyi tizimlarga körib çiqiş uçun asossiz ravişda yuborgan taşkilot rahbarlariga keskin çora körilişi belgilandi.

Murojaatlar töğrisidagi qonunçilik talablarini buzganlik uçun jazo ham kuçaytiriladi.

Prezident ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari davlat siyosati va islohotlarining asosiy yönalişlarini belgilab berişi kerakligini ta’kidladi. Şu bois, sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlaş yölga qöyildi. Mazkur işlarning mantiqiy davomi sifatida ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar kölami va sifati oşiriladi.

Endi bir martalik sörovlar emas, balki qayerda işonç ortayotgani, qayerda zaiflaşgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani böyiça doimiy ravişda monitoring va tahlillar ötkaziladi.

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini işlab çiqib, tahlillar asosida reytingni şakllantiriş va muntazam ravişda Prezidentga kiritib boriş topşirildi.

Ijro intizomi masalalari ham körib çiqildi. Berilgan har bir topşiriqning real ijro holati böyiça kundalik nazorat örnatiş, mas’uliyatni his qilmagan, sustkaşlikka yöl qöygan rahbarlar böyiça tanqidiy, oçiq va xolis axborot kiritib boriş vazifasi qöyildi.