Raqobat qömitasi tomonidan iste’molçi huquqlarini himoya qiliş sohasida yana bir qulay axborot texnologiyasi joriy etildi. Yangi onlayn platforma orqali jismoniy va yuridik şaxslar öz murojaatlarini masofadan turib yuboriş imkoniyatiga ega böldi.

Mazkur platforma orqali foydalanuvçilar nafaqat murojaat taqdim etişi, balki uning körib çiqilişi jarayonini ham real vaqt rejimida kuzatib borişi va yakuniy qaror bilan onlayn tanişişi mumkin. Bu esa murojaatlarni körib çiqişda oşkoralik va şaffoflikni ta’minlaşga xizmat qiladi.

Iste’molçilar öz murojaatlarini Fair tech yagona axborot tizimi orqali yuborişi mumkin: 👉 https://cabinet.fairtech.uz/ariza/default

Şuningdek, murojaat yöllaş yanada qulay bölişi uçun mobil ilovalar ham işga tuşirilgan. Foydalanuvçilar quyidagi platformalar orqali tizimdan foydalanişi mumkin:

Play Market orqali: 👉 play.google.com;
App Store orqali: 👉 apps.apple.com.

Yangi platforma iste’molçi murojaatlarini qabul qiliş va körib çiqiş jarayonlarini raqamlaştiriş, vaqt va mablağni tejaş, şuningdek, fuqarolarning murojaat qiliş madaniyatini oşirişga qaratilgan.