Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning yangi rahbari Moskvada davolanayotgan bo‘lishi mumkin
Uning holati Eronda davolanishga imkon bermagan bo‘lishi mumkin.
Foto: WANA
Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Xominaiy ayni vaqtda Rossiyada davolanayotgan bo‘lishi mumkin. Kuvaytdagi Al-Jarida gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, u 12 mart kuni Rossiya harbiy samolyotida Moskvaga yetkazilgan.
Mujtaba Xominaiy 28 fevral kuni, AQSh va Isroilning oyatulloh Ali Xominaiy qarorgohiga yo‘llagan zarbasi oqibatida yaralangandi.
U 7 mart kuni mamlakatning yangi rahbari sifatida e’lon qilindi, ammo u o‘tgan vaqt ichida ommaga ko‘rinish bermadi.
Eronning Kiprdagi elchisi The Guardian gazetasiga bergan intervyusida Mujtaba oyoq va qo‘llaridan jarohatlanganini tasdiqlagan. CNN manbalari esa uning oyog‘i singani, yuzi va ko‘z atrofida jarohatlar borligini xabar qilgan.
Uning holati Eronda davolanishga imkon bermagan bo‘lishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Vladimir Putin 10 mart kuni Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida tibbiy yordam taklif qilgan. Shundan keyin u Moskvaga olib kelinib, operatsiya qilingan va hozirda Kremlga aloqador xususiy klinikada davolanmoqda.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 16 mart kuni OAV vakillari bilan uchrashuvda Mujtaba Xominaiy Moskvada ekani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi. «Biz bunday xabarlarga hech qanday izoh bermaymiz», – dedi u.
Mavzuga oid
00:18
Tramp Eronga 48 soatlik ultimatum qo‘ydi
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026