Bu safargi hikoyamiz Farğona viloyati Rişton tumanining Markaziy Farğona çöllarida bir neça yildan buyon tuyaçilik bilan şuğullanib kelayotgan Asrorjon Hikmatovning fermerlik faoliyati haqida.

Tuya parvarişining öziga xos jihatlari, xöjalik işçilarining kunlik iş faoliyati bilan tanişiş uçun fermer xöjaligida böldik.
Ma’lum bölişiça, tuyalar kuniga 3 mahal: erta tongda, tuşlik va keçki paytda soğilar ekan. Sahargi soğiş jarayonining guvohi böliş uçun erta tongdan Rişton sari yölga çiqdik.
Bizni fermer xöjalik işçilari samimiy kutib olib, töğri sut soğiladigan joyga olib borişdi. Işçilar manzilgohidan to tuyalar oğiliga yetib borgunça xiyla piyoda yöl bosdik.
Fermer xöjaligi işçilari tuya yelinlarini obdan suvda tozalab yuvib, ikki tomondan soğa boşlaşdi. Orada bötaloqlar ham sut bilan siylandi.

«Bundan bir neça yil avval dadamning tobi qoçib, uzoq vaqt töşakka mixlanib qolgan edi. Odamlarning bergan tavsiyalari bilan dadam nihoyat tuya sutidan davo topdilar. Öşanda birinçi marta tuyalarga mehrim uyğongan. Dadam hozirgaça tuya suti içadilar. Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida tuya suti şifobaxşligi xususida töxtalib, tarkibidagi vitaminlar sigir sutiga nisbatan uç barobar köp bölişi haqida ta’kidlagan. Ibn Sinoning aytganlari rost bölib çiqdi. Tuya sutining ming dardga davo ekaniga dadam misolida öz hayotimda amin bölganman»,— deydi «Roşidon nasldor tuyalari» fermer xöjaligi raisi Asrorjon Hikmatov.
Köz oçib yumgunça 4 boş tuya soğib bölinib, poyoni yöq yaylovlarga olib ketildi. Bötaloqlarning yoniga xaşak solindi. Biz yantoqzorga odimlab borayotgan tuyalarning ketidan ergaşdik...
«2013 yilda Qoraqalpoğistonning Qönğirot tumanidan birinçi tuyani olib kelganman. Eng sevgan jonzotim tuya. Hayotimni ularsiz tasavvur qila olmayman. 2013 yildan buyon erta-yu keç tuyalar bilan birgaman. Jami 31 tuya bor, undan 27 tasi urğoçi, 4 tasi erkak», — deydi Asrorjon Hikmatov.
Işçilarning aytişiga qaraganda, biz bu yerga kelişimizdan bir kun avval «Komila» ismli tuya bolalagan ekan. Qiziq, har bir tuyaning öz ismi bölib, ularni şu nom bilan çaqirişar ekan.














