Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 20 apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar hamda özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini ötkaziş töğrisida»gi farmonida közda tutilgan bir martalik afv muddati tugagani bois, endidan özboşimça va noqonuniy qurilmalar egasi javobgarlikka tortiladi.
Davlat kadastrlari palatasi Toşkent şahar boşqarmasi boşliği Murod Fayzullayevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, aksiya doirasida Toşkent şahridan 36 ming 568ta murojaat kelib tuşgan, şundan 71 foizi ijobiy hal etilgan, 17 foizi rad etilgan, 12 foizi sub'yektiv va obektiv sabablarga köra komissiya işçi guruhi örganişida turibdi.
«Aksiya tugaganiga qaramay, 12 foiz arizalar hokimliklarda turganining sababi şundaki, Şayxontohur tumanida «Eski şahar» hududi, Yunusobod tumanida «Hasanboy» hududida kanallar bor, bu kabi hududlarda turgan obektlarga javob beriş va ijobiy hal qiliş imkoniyati yöq. Endidan noqonuniy qurilma aniqlanganda, çora köriladi. Buyoğiga aksiya bölmaydi, davlatning yerini asraşimiz kerak. Ammo çora körişdan oldin, birinçi galda tuşuntiriş işlari olib boriladi», – dedi Murod Fayzullayev.
Boşqarma boşliğiga köra, noqonuniy holatlar aniqlanib kadastr xizmatiga murojaat kelib tuşsa, joyiga çiqib vaziyat örganiladi. Agar obekt özboşimçalik bilan egallangan bölsa, holat yuzasidan tegişli organlarga xabar beriladi va ta'sir çoralari köriladi.
Ta'kidlanişiça, 2020 yilda 676ta holat böyiça işlar sudga oşirilgan va taqdimnomalar kiritilgan. Masalan, Sergeli tumani «Savatça» maahallasida 19ta qurilma tuman hokimligi bilan hamkorlikda joylarda bartaraf etilgan.
Avvalroq, biror şaxsning öziga qaraşli bölgan, lekin noqonuniy qurilgan uyiga qonuniy egalik qiliş huquqini taqdim etgan bir martalik umumdavlat aksiyasidan söng, uni qayta ötkazişga ehtiyoj sezilmayotgani ma'lum qilingan edi











