Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga köra, Özbekistondagi gaz töldiriş  şoxobçalarida metan narxi 1 kub metr uçun 5200 sömgaça oşgan.

Bunga 1 maydan boşlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun yangi tariflar joriy qilingani asosiy sabab sifatida keltirilyapti. Gaz quyiş şoxobçalari uçun tabiiy gaz narxi 1 kub metr uçun 1800 sömdan 2500 sömgaça (+38,9 foiz) oşirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq, prezident hukumatga gaz va elektr energiyasi tariflari özgarişini bir oyga keçiktiriş böyiça topşiriq bergandi. Narxlar rejalaştirilganidek 1 apreldan emas, balki 1 maydan oşdi. Qaror aholi va biznesni qöllab-quvvatlaş maqsadida qabul qilingani aytilgandi.

Ma’lumot uçun, 2023 yil sentabrda qabul qilingan hukumat qarorida 6 oy davomida avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalarida metan gaz narxi 3250 sömdan oşib ketmasligi belgilangandi. Uşbu davr tugaşi munosabati bilan 2024 yil 1 apreldan bir kub metr uçun maksimal narx 3250 sömdan 3350 sömgaça oşirilib, imtiyozli davr yana ikki oyga uzaytirildi. 1 iyundan esa eng baland narxi 3750 söm etib belgilanib, uning amal qiliş muddati 31 iyulgaça özgartirildi.

Bugungi kungaça metan respublikaning turli hududlarida 3950 sömdan 4250 sömgaça bölgan narxlarda sotib kelinayotgandi.

Sönggi kunlarda propan narxlarida ham sezilarli oşiş kuzatilyapti. Xususan, birja savdolarida 18 aprel holatiga propanning 1 tonnasi 5 mln 244 ming sömdan sotilgan bölsa, bu 29 aprelga kelib 6 mln 14 ming sömgaça yoki 14,7 foizga qimmatlaşgan.