Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Volgograd xalqaro aeroportiga «Stalingrad» tarixiy nomini beriş töğrisida»gi farmonni imzoladi, deb xabar qildi 29 aprel, seşanba kuni Kreml matbuot xizmati. Bundan biroz oldin Rossiya axborot agentliklari Putin Volgograddagi Gumrak aeroportiga «Stalingrad» nomini beriş ğoyasini qöllab-quvvatlagani haqida xabar bergandi.

Xabarlarda aytilişiça, bu «Volgograd viloyati aholisi, faxriylar jamoasi, şuningdek, MHO iştirokçilari» tomonidan berilgan iltimosdir. Rossiya hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini «maxsus harbiy operatsiya» yoki MHO deb ataydi.

2018 yilda «Rossiyaning buyuk ismlari» umumrossiya tanlovida ovoz berişdan söng Volgograd aeroportiga afsonaviy sovet uçuvçisi Aleksey Maresev nomini beriş töğrisida qaror qabul qilindi, u federal Rossiya telekanallari xabariga köra, «oyoqlaridan ayrilganidan keyin ham Uluğ Vatan uruşi yillarida duşmanni mağlub etişda davom etgan». Biroq, aeroportga Maresevning nomi berilmadi. Volgograd aeroporti Putinning 2019 yil 31 mayda imzolangan Rossiyaning 44 ta aeroportiga taniqli şaxslar nomini beriş haqidagi farmoniga kiritilmagan.