Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim talabalarning turar joyda yashash xarajatlari qoplab beriladi
Hukumat qarori bilan “Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, ayrim talabalarning talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi.
Foto: Kun.uz
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, davlat oliy ta’lim tashkilotlarida faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalarning talabalar turar joylari (TTJ)dagi yashash xarajatlari davlat granti yoki to‘lov-kontraktda o‘qishidan qat’i nazar, davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Nizomda belgilanishicha, talabaning TTJdagi yashash xarajatini qoplab berish huquqi uning oilasi Ijtimoiy reyestrning “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan sanadan boshlab 12 oy davomida saqlanib qoladi.
Shuningdek, mazkur toifadagi talabalar ustuvorlik asosida, navbatsiz davlat OTMning talabalar turar joyiga qabul qilinadi.
Ariza beruvchi har oyning 7-sanasiga qadar o‘zi tahsil olayotgan oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Talaba arizani mustaqil ravishda kontrakt.edu.uz orqali ham yuborishi mumkin.
Ariza tegishli o‘quv yili uchun bir marta taqdim etiladi.
Fakultetlarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari (mas’ullar) elektron tarzda kelib tushgan arizalarni 1 kun ichida umumlashtirib komissiyaga taqdim etadi.
Komissiya taqdim etilgan arizalarni 1 kun muddatda o‘rganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Mavzuga oid
10:07
O‘zbekiston milliy valutada 1 mlrd dollar ekvivalentidagi obligatsiyalarni 12,25 foiz stavkada joylashtirdi
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
15:12 / 28.03.2026
O‘zbekistonda futbolchilar daromad solig‘idan ozod etildi
09:31 / 28.03.2026