1 aprel kuni Özbekiston Respublikasi 1 mlrd AQŞ dollari ekvivalentida özining eng yirik hajmdagi milliy valutadagi suveren xalqaro obligatsiyalarini jahon moliya bozorlarida tarixiy eng past foiz stavka – 12,25 foizda joylaştirişga erişdi, deb xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Taqqoslaş uçun, milliy valutada çiqarilgan 3 yillik Özbekiston xalqaro obligatsiyalari böyiça foiz stavkasi 2024 yilda – 16,625 foizni (3 trln söm), 2025 yilda – 15,5 foizni (6 trln söm) taşkil etgan.
IMV xabariga köra, 2026 yil 1 aprel kuni AQŞ, Yevropa, Buyuk Britaniya, Osiyo hamda Yaqin Şarq mamlakatlarining 32 ta yirik xalqaro investorlari iştirokidagi global audiokonferensiyadan keyin, Özbekistonning sömdagi xalqaro obligatsiyalarini xarid qiliş uçun 50 ga yaqin xorijiy investordan jami 23,4 trln sömlik (dastlabki e’longa nisbatan 4 baravar köp) buyurtmalar 12,5 foiz darajasida kelib tuşgan.
Xalqaro investorlar tomonidan bildirilgan yuqori qiziqiş natijasida 1 mlrd dollar ekvivalentida (12,2 trln söm) miqdoridagi 3 yillik suveren xalqaro obligatsiyalar 12,25 foiz stavkasida (içki moliya bozoriga nisbatan örta hisobda 14 bazis punkt past) joylaştirilgan.
Olingan qarz 2026 yilgi davlat budjeti taqçilligini moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi.
Qayd etilişiça, Özbekistonning sömdagi uşbu suveren xalqaro obligatsiyalari Markaziy va Şarqiy Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika mintaqasida sönggi 15 yil içidagi milliy valutadagi eng yirik tranzaksiya bölgan.
Bu obligatsiyalar “GBI – EM” (The Government Bond – Emerging Market Index) indeksiga kiritilişi körib çiqilmoqda. Xalqaro obligatsiyalarning mazkur indeksga kiritilişi 300 mlrd dollarga teng aktivlarni boşqaradigan yangi investorlarni jalb etiş va kelgusida foiz stavkalarini yanada pasaytiriş imkonini beradi.












