Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyutonning kitobi kimoshdi savdolarda rekord darajadagi mablag‘ga sotildi
Isaak Nyutonning «Tabiiy falsafaning matematik boshlanishlari» kitobining noyob, ilk nashri Christie's kimoshdi savdosida 3,7 million dollarga sotildi. Bu haqda Livescience xabar bermoqda.
Kitob 1687 yilda bosmadan chiqqan bo‘lib, unda olam tortishish qonuni va harakatning uch qonuni aniq tushuntirib berilgan. Ular hozir Nyuton nomi bilan yuritiladi. Albert Eynshteyn o‘z vaqtida bu ishni «ehtimol, insoniyatning eng buyuk intellektual yutug‘i», deb baholagan.
Savdolar oldidan kitob 1-1,5 million dollarga sotilishi kutilgandi. Biroq nomi oshkor etilmagan xaridor 3,719 million dollar mablag‘ taklif qilgan.
«Bu faqatgina tarix va ilm rivojining bir qismi emas. Bu qachonlardir bosmadan chiqqan eng buyuk kitoblardan biri», - deb ma'lum qilgan Qirollik jamiyati kutubxonasi direktori Keyt Mur.
Mavzuga oid
09:22 / 22.11.2022
Ikigai - yashash uchun sabab. Siz o‘z ikigai’ngizni topdingizmi?
13:09 / 07.04.2022
«Aql va tafakkur uyg‘oq turishi uchun ham jamiyatga tanqidiy fikrlar kerak» - Viktor Alimasov so‘z erkinligi haqida
21:33 / 04.04.2022
“Siyosiy tafakkurgina o‘z atrofida turli fikr va dunyoqarash egalarini birlashtira oladi” – Faylasuf Viktor Alimasov bilan katta intervyu
15:52 / 27.08.2018