Ikigai - yaşaş uçun sabab. Siz öz ikigai’ngizni topdingizmi?
|14:22 / 22.11.202222 6606 min
Ikigai - yapon xalqining yaşaş tarzini qamrab olgan qadimgi falsafasi. Ba’zilar bu hatto ularning baxti va uzoq umr körişining sababi deb hisoblaşadi. Uşbu maqolada “ikigai”ning ma’nosi va ahamiyati haqida gaplaşamiz.
Foto: ecostoreFoto: ecostore
Ikigai nimani anglatadi?
Ikigai yaponça tuşunça bölib, “böliş sababi” degan ma’noni anglatadi. Yapon tilida «Iki» — «hayot», «gai» esa qiymatni ifodalaydi. Ikigaʼingiz hayotingizning maqsadi yoki baxtingizdir. Bu sizga quvonç keltiradigan va har kuni örningizdan turişga ilhomlantiradigan narsa.
Şuni ta’kidlaş kerakki, an’anaviy yapon falsafasi sizning baxtingizni topişga qaratilgan bölsa-da, ğarbiy talqinda ikigai orzungizdagi martabani topiş usuli sifatida işlatilgan.
Ikigai’ning ğarbiylaştirilgan versiyasida aytilişiça, agar sizning karerangiz uşbu törtta xususiyatni öz içiga olca, demak siz özingizning orzungizdagi işni topgansiz:
Işingizni sevasiz
Uning ustasisiz
U orqali yaxşi pul topasiz
Işingiz nafaqat özingiz, dunyoga ham kerakligini his qilasiz
Nega ikigai muhim?
Yaponiya örtaça umr köriş böyiça dunyoda ikkinçi örinda turadi, ayollar 88,09 yil, erkaklar esa 81,91 yil umr körişadi. Garçi ovqatlaniş ratsioni muhim rol öynaşi haqiqat bölsa-da, köpçilik yaponiyaliklar ikigai ularning uzoq umr körişlari va baxtli hayot keçirişi bilan boğliq deb hisoblaşadi.
Uzoqroq va baxtli hayot keçirişdan taşqari, ikigaiʼngizni biliş sizga yordam berişi mumkin:
Ideal işingizni yarating
Işda kuçli ijtimoiy aloqalarni yölga qöying
Soğlom iş va hayot muvozanatiga erişing
Karera haqidagi orzularingizni amalga oşiring
Işingizdan rohatlaning
Öz ikigaʼingizni bilsangiz va uning ma’nosini tuşunsangiz, özingiz orzu qilgan va jamiyatga kerak bölgan iş bilan uyğun bölasiz.
Ikigai qanday paydo bölgan va nima uçun maşhur bölib bormoqda?
Okinava materikdan janubda joylaşgan Yaponiya oroli. Orol dunyodagi 100 yoşdan oşgan odamlarning eng yuqori nisbatiga ega va Ikigai Okinava madaniyatida katta rol öynaydi.
Ammo bu yapon siri nafaqat keksalar bilan boğliq. Bu Yaponiyada ham, undan taşqarida ham mazmunli iş hayotiga qiziqqan yoş avlodlar orasida maşhur bölib bormoqda.
Mavzuga oid
Ikigaiʼngizni kaşf qiliş uçun 3 qadam
Ikigaiʼni kaşf qilişga yordam beradigan uçta asosiy qadam:
Ikigai’ni topiş uçun savollarga javob bering:
1. Siz nimani yaxşi körasiz?
Özingiz yaxşi körgan iş bilan şuğullanasizmi?
Iş vaqti tugagandan köra işga borişdan köproq zavqlanasizmi?
Işingiz natijalari ruhiyatingizga ta’sir qiladimi?
2. Nimani yaxşi bilasiz?
Odamlar sizdan işingiz bilan boğliq mavzularda maslahat söraşadimi?
Işingizning sizga oson qismlari bormi?
Işingizda eng yaxşilardanmisiz?
Işingizda mutaxassis bölişni xohlaysizmi?
Odamlar sizni sevimli maşğulotingiz yoki hunaringiz uçun maqtaşadimi?
Işingizning ustasi bölişni xohlaysizmi?
3. Dunyoga nima kerak?
Işingizga bozorda talab yuqorimi yoki keraklimi?
Kelgusi yilni, 10 yilni va 100 yilni tasavvur qiling — işingiz qimmatli böladimi?
Siz ijtimoiy, iqtisodiy yoki ekologik muammoni hal qilyapsizmi?
4. Nima uçun tölaş mumkin?
Qilayotgan işingizni boşqalar ham bajara oladimi?
Siz yaxşi kun keçirasizmi/işingizni bajarib yaxşi pul topasizmi?
Soğlom raqobat darajasi bormi?
Agar siz har bir savolga “ha” deb javob bergan bölsangiz, öz işingizni qilişda davom eting! Sevimli maşğulotingizni orzungizdagi kasbga aylantiriş uçun qadamlar qöyişingiz mumkin.
Agar javoblaringiz yöq bölsa-çi?
Ikigai’ngizni topiş uçun 4 qadam
1-qadam. Kiçik maqsadlarni yarating
Ba’zi yeçimlar haqida fikr yuritganingizdan söng ulardan aniq yillik maqsadlarni yaratiş uçun foydalaning. Yillik maqsadlaringizni yozib bölgaç, ularga erişişingizga yordam beradigan kiçik oylik maqsadlarni yarating.
2-qadam. Uni rejalaştiring
Keyinçalik, haftalik (yoki hatto kunlik) maqsadlarni yaratiş uçun oylik maqsadlaringizdan foydalaning.
Misol uçun, oylik maqsadingiz yetakçilikni rivojlantiriş böyiça treningga boriş bölsa, birinçi haftalik maqsadingiz nufuzli öquv dasturlarini tadqiq qiliş bölişi mumkin.
Endi sizda uzoq va qisqa muddatli maqsadlar röyxati bor, ularni jadval, taqvim yoki daftar yordamida tartibga soling.
Agar unutib qöysangiz, rejalaringizni yozib ofisdagi e’lonlar taxtasiga yoki muzlatkiç eşigiga yopiştirişingiz mumkin.
3-qadam. Qöllab-quvvatlaş tizimini yarating
Maqsadingizni topiş haqida gap ketganda, qöllab-quvvatlaş tizimi bebahodir.
Qöllab-quvvatlaş tizimini yaratiş uçun murabbiy, öqituvçilar va şunga öxşaş maqsadlarga erişgan boşqa mutaxassislarga murojaat qiling.
Özaro munosabatlarni rivojlantiring va qöllab-quvvatlaş tizimingizdan iloji boriça köproq narsani örganing.
4-qadam. Uni sinab köring
Rasmiy rejangizni amalga oşirişga tayyor bölganingizdan söng, uni sinab köriş vaqti keldi. Qisqa va uzoq muddatli maqsadlaringizga erişyapsizmi? Sizni bezovta qiladigan narsa bormi?
Berilgan barça savollarga hozir “ha” deb javob bera olasizmi? Aks holda, maqsad va rejalaringizni qayta körib çiqiş vaqti keldi. Bu vaqtda söraş uçun yaxşi savol: “Men nima qilişim kerakligi yoki nima qilişni xohlayotganimga e’tibor qaratyapmanmi?”
Ikigai’ngizni kaşf qiliş har doim ham oson emas, lekin ozgina qat’iyat bilan siz unga erişasiz. Bu jarayonda yengişingiz kerak bölgan ba’zi qiyinçiliklar:
Qançalik kiçik bölmasin, maqsadlaringizga qarab harakat qilişda davom eting. Harakatlanişdan töxtamang.
Vaqtni ehtiyojlaringizga mos ravişda tartibga solişingiz mumkin. Masalan, bu öz ustingizda işlaş uçun bir soat erta uyğonişni anglatadi. Yoki siz maşinada bölganingizda rivojlanişingiz uçun kerak bölgan audiolarni tinglang.
Maqsad sari harakat qilayotganingizda qörquv bölişi tabiiy. Ammo ozgina maşq qilsangiz, bu osonroq böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi