
Hayotda ibrat böluvçi voqealar juda köp sodir böladi. Şu sababmi qadim qadimdan umr falsafasini sodda yöl bilan tuşuntirişda masallardan foydalanilgan. Uşbu kiçik ijod mahsullarida keluvçi obrazlar va ularning xatti-harakati misolida insonlarga ezgulik yölini körsatişga e'tibor qilingan. Quyida ham ana şunday masallarni öqib, mulohaza yuritiş mumkin.
Baqaning harakati
Bir baqa qiziqqonlik qilib, köl böyida unutib qoldirilgan közaning içidagi sutga tuşib ketdi. Vaqqillab döstlarini yordamga çaqirdi. Döstlari kelib qaraşsa, közaning içi çuqur, undan çiqişning sira iloji yöq. Ular döstining urinişlari foydasiz ekanligini aytib, uni noşudlikda ayblab, taqdiriga könişdan boşqa çorasi yöqligini aytişdi. Lekin baqa harakat qilişdan töxtamadi. Natijada közaning içidagi sut qatiqqa aylanib, baqaning undan çiqişiga imkon tuğildi. Baqa öz harakatlari bilan özini-özi ozod qildi.
Alqissa, maqsad sari qilingan tinimsiz harakat, albatta, öz natijasini beradi.
Terak
Toğ yon bağridagi soy yonida bir terak ösardi. Yil ötib yon atrofidagi barça daraxtdan baland bölib ketdi. Böyiga işongan terak özini köz-köz qilib, endi toğdan baland bölib ketmoqçi böldi. Afsus, maqsadiga yetolmadi. Terak qança tez ösgan bölsa, şunça tez kesilib yoğoç böldi.
Alqissa, buyuklar bilan bellaşiş foyda bermaydi. Ulardan ibrat oliş kerak.
Tovusning qilmişi…
Tovus dunyoda gözallikda menga yetadigan quş yöq deb öylardi. Şuning uçun har kuni patlarini yoyib, çiroyini köz-köz qilardi. Hamma parrandayu darrandalar uning husniga havas bilan boqardi. Bir kuni tovus bulbulni ovozini eşitdiyu, hasadi kelib ketdi. Çunki, barça quşlar jimitdekkina bulbulni ovozini maroq bilan tinglardi. Tovus öziça öyladi: çiroyimni barçaga köz-köz qilib kuylasam, bulbul mening oldimda ip eşa olmaydi… Keng maydonga çiqib çiroyli patlarini yoyib, barçani öz atrofiga yiğdi va kuylaşni boşladi. Tovusning bu işini körganlar kulgudan özini tiya olmadi. Siz ham bir eşitib köring, tovus bulbuldek kuylay oladimi?











