Faylasuf Viktor Alimasov falsafa, fikr va söz erkinligi, siyosiy plyuralizm hamda özbek jamiyatining qator muammolari haqida Kun.uz’ga intervyu berdi.

Avvalroq faylasufning özbek jamiyati haqida falsafa prizmasi orqali qilgan tahlillari va tavsiyalari e’lon qilingandi. Quyida intervyuning ikkinçi qismi bilan matn şaklida tanişişingiz mumkin.

— Prezident Şavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelarkan, mamlakatda avvalgi tuzumdan farqli söz erkinligini ta’minlaşga harakatlar boşlandi va bu borada ma’lum yutuqlarga ham erişdik. Ammo ayrim kuçlar hamon xalqimiz erişgan bu erkinlikni qayta böğişga, yana öşa fikr va söz erkinligi senzura qilingan davrlarga qaytişga urinmoqda.

Xöş, siz bir faylasuf ölaroq, jamiyat uçun söz va fikr erkinligi nega kerak deb hisoblaysiz?

— Esingizda bölsa, Şavkat Mirziyoyevning prezidentlikka kelgaç yozgan birinçi kitobi ham tanqidiy tahlil haqida edi. Bu prezidentning ötgan va yangi davrga bölgan munosabati aslida. Tuşungan odamga bu öziga xos signal ham edi.

Natijada oxirgi yillarda özbek jamiyatida asta-sekin tanqidiy fikrlaş qobiliyati şakllana boşladi. Bu borada biz köplab çiqişlarni, hurfikrlik va plyuralizmga harakatlarni ham kördik.

Öylaşimça, ortga qaytişlar prezident bilan boğliq emas. Negaki, aslida qörqoqlikning özi xalqimizga xos xislat. Biz qançalik halim, mehribon va ehtiyotkor bölsak, bu qörqoqlik simvolidek körinadi. Biz ana şu halimlik, qörqoqlikdan qutulolmayapmiz va fikrimça, qutulolmasak ham kerak. Çunki bu xalqning qonida bor.

Bizga erkinlik berilyapti, lekin biz erkin emasmiz. Biz erkinlik nima ekanini sezmaymiz. Çunki erkin yaşaşni istamagan kişi erkin bölolmaydi.

Inson avvalo erkinlikni istaşi kerak. Buning uçun maydonlarda hatto qon tökilgan. Ha, Ğarbda odamlar erkinlik uçun qon tökkan. Bizda bunday bölmadi. Şuning uçun ham biz uni qadrlamasak kerak.

— Köplab jamiyatşunoslar bugungi özbek jamiyati haqida gapirib, uni birlaştiradigan, oldinga yetaklaydigan yangi ğoyalar kerakligini aytadi. Xöş, siz faylasuf sifatida bu fikrga qanday qaraysiz? Özbek jamiyatini oldinga yetaklab, katta jamiyat bölişi uçun qanday adekvat ğoyalar kerak?