O‘zbekiston | 09:20 / 22.10.2025
2250
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar va hudud rahbarlari sun’iy intellekt uchun ham mas’ul bo‘ladi

Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirish uchun ham mas’ul etib belgilandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish va ularga aniq vazifalar belgilab berish topshirildi. Ushbu vazifalar asosan:

  • ish samaradorligini va xizmat sifatini oshirish,
  • ortiqcha xarajatlarni kamaytirish,
  • “yashirin” iqtisodiyot va byurokratik to‘siqlarni qisqartirish,
  • sun’iy intellekt orqali yechim topish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til bilgan va texnologik bilimlari kuchli 100 nafar mutaxassis AQSh, Yevropa, Singapur va Yaponiya kabi mamlakatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi.

Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

Mavzuga oid