Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi universitetlardan birida harbiy kafedra tashkil etiladi
Foto: Norma
Harbiy kafedra ushbu o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida harbiy kafedra tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, Mudofaa vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasiga Soliq akademiyasining harbiy kafedrasini kafedraga tegishli mol-mulk bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti balansiga belgilangan tartibda topshirish vazifasi yuklanmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining harbiy kafedrasida tayyorgarlik 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, Soliq akademiyasi harbiy kafedrasida ta'lim uchun tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar o‘rtasida boshlanadi. Keyinchalik Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tegishli ta'lim yo‘nalishidagi talabalar qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, hujjat muhokamada bosqichida turibdi. Unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026